Institut O‘quv teatrida Izzat Sulton qalamiga mansub «Imon» dramasi sahnalashtirildi

Institut O‘quv teatrida Izzat Sulton qalamiga mansub «Imon» dramasi sahnalashtirildi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O‘quv teatrida Izzat Sulton qalamiga mansub “Imon” dramasi asosida sahnalashtirilgan spektakl Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti jamoasiga namoyish etildi. Spektaklni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sobir Madiyev, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek […]

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida “Yagona Vatan g‘oyasi — yoshlar ongida” shiori ostida forum o‘tkazilmoqda. Forum doirasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni […]

Talabalik sari ilk qadam!

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yangi o‘quv yilini boshlayotgan 1-bosqich talabalari uchun tantanali kutib olish marosimi va «Talabalikka bag‘ishlov» konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlandi. Yangi talabalar institut jamoasi tomonidan karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. […]

Institutida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali yig‘ilish

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sobir Madiyev jamoani eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz — Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. U barchaga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik hamda ta’lim, ilm-fan, madaniyat va san’at rivoji yo‘lidagi […]

Turkiyaning “Tarih TV” telekanali bosh rejissyori O‘zDSMIda

Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” Xalqaro mediaforumi doirasida Turkiyaning “Tarih TV” telekanali bosh rejissyori Muhammet Karliaga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi. Tashrif dastlab institut rahbariyati bilan uchrashuvdan boshlandi. Mehmonni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sobir Madiyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxtiyor Yakubov hamda Yoshlar […]

Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi o‘quv-seminari

“Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at ta’limini rivojlantirish: sifat, innovatsiya va uzluksizlik” mavzusidagi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi o‘quv-seminari kunning ikkinchi yarmida sho‘balar kesimida davom ettirildi. Shu doirada hududiy madaniyat boshqarmalari boshliqlari hamda ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassislar uchun o‘quv-seminar, shuningdek, “Oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari taqdimoti” birgalikda tashkil etildi. Tadbirni Madaniyat vazirining […]

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari jadallik bilan davom etmoqda

Bugun O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sobir Madiyev mas’ullar bilan birgalikda talabalarni turar joy bilan ta’minlash markazlari (infokiosk) faoliyati bilan tanishdi. Markazda faqatgina talabalar turar joylari emas, balki manzilli ravishda ijara xonadonlarining ro’yxati ham shakllantirilgan bo’lib talabalar uchun har tomonlama qulay bo’lgan tarzda ro’yxatga olish ishlari olib borilmoqda. Jarayonda yangi oʻquv turar joy bilan ta’minlash ishlarini […]

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasining Belarus Respublikasiga xizmat safari yakunlandi

2026-yil 27–30-iyul kunlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rasmiy delegatsiyasi Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi. Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi hamda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiyaning muzokaralari davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy davomi sifatida tashkil etildi. Xizmat safaridan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’limni raqamli transformatsiya […]

image_pdfimage_print