O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2024-yil uchun tayanch doktoranturaga quyidagi ixtisosliklar bo’yicha qabul e’lon qiladi:

IXTISOSLIK SHIFRI VA NOMI, AJRATILGAN KVOTA SONI

17.00.01 — Teatr san’ati — 3 ta;
17.00.03 — Kino san’ati. Televideniye — 1 ta;
17.00.07 — Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik — 2 ta;
13.00.01 — Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi — 1 ta.

Tayanch doktoranturaga kirish uchun tanlovda ishtirok etishga hujjatlar www.phd.mininnovation.uz elektron manzili orqali 2023-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha taqdim qilinadi. Qo’shimcha ma’lumot olish uchun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limiga murojaat etishingiz mumkin.

 
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Yalang’och dahasi 127- a uy.
Murojaat uchun telefon: (0-371) 230-28-03