2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz yoki ikkinchitalim.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar (o‘sha kuni ham) onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, institutda ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) bo‘yicha quyidagi ta’lim yo‘nalishlari rejalashtirilgan:

 

Shifr Ta’lim yo‘nalishi Ta’lim shakli Ta’lim tili
60112400 Professional ta’lim: Xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi) kunduzgi o‘zbek
60112400 Professional ta’lim: Xalq ijodiyoti (vokal ijrochiligi) kunduzgi o‘zbek, rus
60210100 Texnogen san’at (kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi) kunduzgi, sirtqi o‘zbek
60210200 Kino-teleoperatorlik kunduzgi, sirtqi o‘zbek
60210300 San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash kunduzgi o‘zbek
60211000 San’atshunoslik (sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi) kunduzgi, sirtqi o‘zbek
60211000 San’atshunoslik (kino san’ati tanqidi va tahlili) kunduzgi, sirtqi o‘zbek
60211100 Aktyorlik san’ati (dramatik teatr va kino aktyorligi) kunduzgi o‘zbek
60211100 Aktyorlik san’ati (musiqali teatr aktyorligi) kunduzgi, sirtqi o‘zbek
60211200 Rejissyorlik (kino va televideniye rejissyorligi) kunduzgi, sirtqi o‘zbek,
rus (kunduzgi)
60211900 Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya) sirtqi o‘zbek
60211800 San’at sohasida prodyuserlik kunduzgi o‘zbek
60212000 Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish kunduzgi, sirtqi o‘zbek,
rus (kunduzgi)
60320400 Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya) kunduzgi, sirtqi o‘zbek,
rus (sirtqi)
60411200 Menejment (madaniyat va san’at sohasi menejmenti) kunduzgi, sirtqi o‘zbek

 

Hujjat topshirish jarayonida nomzodlar platformada:

-oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;

-diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;

-hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Batafsil: https://lex.uz/uz/docs/-5657199