Kafedra mudiri:

Hojimatov Doston Hamidulla o‘g‘li

Mustaqil izlanuvchi (PhD), kinorejissyor, csenarist, “Mualliflik filmlarining rivojlanish jarayonlari” nomli monografiyasi va о‘ndan ortiq maqolalari muallifi.

Qabul kunlari: Har ish kuni soat:10:00-16:00

Telefon:71 230 28 33

? e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:

Ushbu kafedra “Kino, televidenie va radio san’ati” fakultetining asosiy kafedrasi hisoblanadi. Kafedraga katta o’qituvchi Doston Hojimatov mudirlik qiladi.
Kafedra o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasida amalda bo’lgan huquqiy-meyoriy bazaga, jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa meyoriy hujjatlar, O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nizomi hamda kafedra Nizomiga tayangan holda amalga oshiradi.

“Kino, televidenie va radio rejissyorligi” kafedrasi M.Uyg`ur nomli san’at institutida 1989 yilda tashkil topgan. Kafedra asoschilari O’zbekistonda xizmat ko`rsatgan san’at arbobi M.Maxamedov va pedagog M.Abdullayeva hisoblanishadi. Turli yillarda kafedraga M.Maxamedov, O.Tojiboyeva, F.Fayziyeva lar rahbarlik qilgan. Shuningdek, professor-o’qituvchilardan Sh.Maxbubov, Meli Maxkamov, Q.Hakimov, E.Davidov, X.Abulqosimova, J.Teshaboyev, Sh.Qurbonboyev va boshqalar kafedra tarixida muayyan iz qoldirganlar.

“Kino, televidenie va radio rejissyorligi” kafedrasi mustaqillik yillarida o’zining o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyatini tubdan o’zgartirdi. Hozirgi kunda kafedra faoliyatida zamonaviy fanlarning yutuqlariga, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotiga tayaniladi.

Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati:
  • 60211200 – Rejissyorlik (kino va televideniye rejissyorligi)
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati:
  • 70211201 – Rejissorlik (kino va televideniye rejissorligi)
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bakalavriatning barcha yo’nalishlarida va magistratura mutaxassisliklari boyicha tahsil olayotgan talabalar kafedraga biriktirilgan quyidagi fanlardan saboq oladilar:

  1. Rejissura (kino, televidenie)
  2. Aktyorlik mahorati
  3. Mediya studiya
  4. Montaj
  5. Kinodramaturgiya va rejissyorlik asoslari
  6. Rejissyorning ijodiy guruhlar bilan ishi
  7. Kino va televidenieda badiiy bezak
  8. Kinotele rejissura asoslari
  9. Ekran asarlari tahlili va talqini
  10. Badiiy asar tahlili

Yuqorida zikr etilgan barcha fanlar zamonaviy texnik jihozlar, yangi pedagogik texnologiyalar asosida,zamonaviy multimedia vositalaridan foydalanilgan holda o’qitiladi.

Magistraturada о‘tiladigan fanlar:
  1. Televizion va badiiy film rejissurasi
  2. Hujjatli kino rejissurasi tarixi va nazariyasi
  3. Kinotelessenariy san’ati
  4. Mutaxassislik fanlarini о‘qitish uslubiyoti
  5. Prodyusserlik mahorati
  6. Rejissura va tasvir
  7. Montaj san’ati
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
Hojimatov Doston Hamidulla o’g’li – Kafedra mudiri katta o’qituvchi
Fayziyeva Feruza Xojimurodovna – san’atshunoslik fanlari nomzodi
Rasulov Saidamal Azimovich – dotsent, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi
Kudryavsev Aleksandr Nikolayevich – dotsent v.b.
Kasimov Djaxangir Mirsabitovich – dotsent, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi
To’ychiyev Yolqin Erkinboyevich – dotsent О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi
Kasimova Nodira Saitjanovna – о‘qituvchi,
Erkinov Muzaffar Erkin o’g’li – о‘qituvchi,О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi
Masalimov Ilhom Hamidaliyevich – о‘qituvchi
Nasimov Hilol Tо‘lqinovich – dotsent, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi
Abduhaliqov Mansur Maqsudovich – о‘qituvchi
Madrahimov Alisher Arslanovich – dotsent, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi
Holiqov Shokir Qo’ziboy o’g’li o’qituvchi
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):

2020-yil. Fayziyeva Feruza Xojimurodovna “ O‘zbekiston badiiy televideniyasining shahkllanishi ( 1956-2000-yillar)” kitobi.
2020-yil. Rasulov Saidakmal Azimovich “Badiiy TV:” Teleteatr janrining teleserialga ayalanishdagi tasviriy yechim omillari” kitobi
2022-yil. Kudryavsev Aleksandr Niklayevich “Первые шаги в профессии” kitobi
2023-yil. Kudryavsev Aleksandr Niklayevich “ Актерское мастерство” kitobi
2023-yil. Rasulov Saidakmal Azimovich “ Tasviriy makon kompozitsiyasi” kitob
2023-yil. Fayziyeva Feruza Xojimurodovna “ Badiiy asar tahlili ” kitobi
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va Dizayn instituti.
Butunrossiya davlat kinematografiya instituti.
Kafedraning xalqaro hamkorlari:
Butunrossiya davlat kinematografiya instituti.
Bellarusiya davlat madaniyat va san’at universiteti.
Fransiya kino maktabi
Munxen kino maktabi
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
O‘zbekkino Milliy agentligi
O‘zbekfilm kinostudiyasi DUK.
O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi.
Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi DUK.
O‘zbekiston kinoarboblar ijodiy uyushmasi
“Ramz” kinostudiyasi
“Vatan” kinostudiyasi