O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga, my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.

 

Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?

Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
-turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
-ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi.
Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.

 

Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
-Xorijda o‘qiyotgan talaba;
-Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.

 

Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.

 

Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:
-“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
-“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
-“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
-“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.

qabul