Kafedra mudiri:
“Vokal” kafedrasi

Muzafarova Saodat Xaydarovna

Qabul kunlari: Seshanba: 9:00 – 14:00

Telefon:71 230 28 57

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
“O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida dramatik, musiqali, estrada va qo‘g‘irchoq teatri aktyorlarining professional san’atkor qilib tarbiyalash jarayonida « Vokal» kafedrasining o‘rni va axamiyati kattadir.

1960 – yilda «Musiqali drama va komediya» kafedrasi tashkil qilish munosabati bilan «Musiqa nazariyasi va qo‘shiqchilik» kafedrasi yuzaga keladi. Kafedraga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fayzi Fauziya Raxmonovna kafedra mudiri qilib tayinlanadi. Musiqali teatrlarga aktyorlar topshirishiga, tayorlashiga talab orta borgani tufayli «Musiqa nazariyasi va qo‘shiqchilik» kafedrasi takomillashib borib, 1974 – yilda mustaqil «Vokal» kafedrasi tashkil topadi va mashxur san’atkor O‘zbekiston xalq artisti Asad Azimov raxbar etib tayinlanadi. Musiqali teatrlar uchun tayyorlanadigan, aktyor kadrlar Vokal partiyalar bilan barobar milliy qo‘shiqchilikning maqom yo‘llarini puxta egallashlarini ta’minlash maqsadida 1980 – yilda kafedraga yuqori malakali o‘qituvchilar taklif qilindi. Bular: O‘zbekiston xalq artistlari Xalima Nasirova, Salima Xo‘jayeva, Nosim Xoshimov, Sattor Yarashov, Sason Benyaminov, Ergash Yo‘ldoshov va Mixail Davidov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Baxtiyor Rasulov, katta o‘qituvchilar, Podgorniy G.L., Kachan YE.L. Keyingi vaqtda kafedrada: Murotxonov S dotsent ,Murodov YU dotsent , Xalbayeva G dotsent , Pyatigorskaya E dotsent , Pirmatov SH.T. professor,Islamova Q katta o‘qituvchi. Konsertmeysterlar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist S. Parkova, V. Ryasnova , N. Ifraimova , N. Zokirova , L. S. Kats, L. Raxmatova .

1983 yilda kafedra ikkita bo‘limdan tashkil topdi. Birinchi bo‘lim «Akademik xonandalik» – mudiri O‘zbekiston xalq artisti,professor Asad Azimov. Ikkinchi bo‘lim bo‘lib «An’anaviy qo‘shiqchilik» fani tashkil qilindi. Bunga O‘zbekiston xalk artisti ,professor Sason Benyaminov mudirlik qildi. Bu kafedraga atoqli xonandalar taklif qilindi – O‘zbekiston xalq artistlari: Komuna Ismoilova, Berta Davidova, Orif Alimaqsumov, Isoq Katayev, O‘zbekiston xalq xofizi – Orifxon Xotamov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xadiya Yusupova. Muzikantlar: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist S. To‘xtasinov, Temur Maxmudov, O‘zbekiston Davlat konservatoriya professori Sulaymon Taxalov, Mirxalil Odilov, Sidiq Musheyev, Akmal Rajabov, Kozim Jabbarov, Qodir Tillabayevlardir.

1986 yili xar ikkala kafedra birlashtirilib «Yakkaxon va an’anaviy qo‘shiqchilik» kafedrasi deb atala boshladi. 1989 – yildan 2003 yilgacha kafedraga shu institutning sobiq talabasi iste’dodli artist va xushovoz xonanda Sherzod Pirmatov raxbarlik qildi. 2003 yildan boshlab O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Qoraqalpog‘iston san’at arbobi Baxrullo Lutfullayev kafedra mudiri lavozimiga taklif qilindi.

2005 – 2006 o‘quv yilidan «Yakkaxon va an’anaviy qo‘shiqchilik» va «Musiqa nazariyasi» ikkala kafedralar qo‘shilib «Musiqali fanlar va vokal» kafedrasi deb atala boshladi.
1960 – 1974 yillarda raxbarlik qilgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fauziya Fayzi keyingi muddatlarda mudir lavozimida ishlagan Asad Azimov, Sason Benyaminov, Sherzod Pirmatovlar nomidan o‘chmas iz qoldirgan O‘zbekistonning barcha teatrlarida konsert tashkilotlarida halq mehrini qozongan atoqli artistlar shu kafedra professionnalligini egallaganlar.

2000 yildan 2011 ga qadar kafedrada o‘z kasb maxoratlarini yoshlarga kelayotgan kelayotgan- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Baxrullo Lutfullayev, O‘zbekiston xalq artisti Xadiya Yusupova, Rustam Abdullayev, Qaxramon Komilov, Kozim Kayumov, Avaz Rajabov, Avaz Mallabayev, Alisher Ikramov, Saidazim Murodxonov, Sherzod Pirmatov, Gulsara Xalbayeva, Yusuf Murodov, Qurbonoy Islamova, Najot Qaxxarov, Qobil Ayubov, Rudakiy Allambayev, Isroil Saidumarov, Marxabo Burxonova, Rixsitillo Ismoilov, Larisa Savkina, Oydin Alimbekova , Dilbar Malikova, Dilshod Umarov, Aleksandr Bekchanov, shuningdek maxoratli konsertmeysterlar: N. Zokirova, L. S. Kats, L. Raxmatova, D. Bekiyeva , G. Alimbekova , E. Godes , G. Musabayeva , M. Ovcharova ,Z. Feyzullayeva, E. Abduraxmanova, F. Islamov, muzikantlar: – M. Obidov, A. Rajabov, A. Ziyayev, X. Boboxonov , M. Oripovlardir.

2012 yildan xozirgi kungacha kafedraga professor Sh. T. Pirmatov mudirlik qilib kelmoqda.

Xozirgi kunda kafedrada ustozlardan – O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi ,O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, B. Lutfullayev, professor Q. T. Mirzaev , dotsentlar p.f.n. S.S. Malikova, O. Vasilchenko, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, dotsent E. Raximov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, dotsent v.b. S. Muzafarova, Qoraqalpoqiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, dotsent v.b. R. Allanbayev, dotsent v. b. D. Malikova, M. Xodjaeva, katta o’qituvchilar R. Ismoilov, F. Mansurbekova, O. Alimbekovalar, A.Yuldasheva; o’qituvchilar D. Uzoqov, G.Nurmetova, N.Eminov, M.Hasanova, D.Kavilova ijodiy faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Xonandalik san’ati musiqa san’atida muhim o‘rin egallaydi. Milliy xususiyatlarni ochib berishga yo‘naltirilgan, xonandalik va aktyorlik maxoratlarini o‘zida mujassamlagan ijrochilik san’ati nafaqat maxsus kasb egalari, balki keng jamoatchilik uchun ham qiziqarlidir. Kafedrada musiqali drama, drama va kino, estrada, qo‘g‘irchoq va kasbiy ta’lim aktyorligi talabalariga vokal fanidan dars berilib, unda qo‘shiq, musiqali drama va operalardan ariya va duetlar, romanslar professional darajada mahorat bilan kuylash o‘rgatilinadi. Bu fanning asosiy maqsadi vokal san’ati vositasida bo‘lajak aktyorlarning estetik va badiiy didlarini tarbiyalash, ularni ovoz qo‘yish malakalari bilan ta’minlash, badiiy ijrochilik maxoratini o‘stirish, ularni o‘zbek, rus va boshqa qardosh xalqlari, shuningdek chet el kompozitorlarining yaratgan nodir durdona asarlari bilan tanishtirib, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdir.

Xalq ijodiyoti (“Vokal jamoalariga raxbarlik”) hamda KT “Vokal ijrochiligi” yo’nalishlari boyicha quyidagi fanlar: “Dirijyorlik”, “Dirijyorlik amaliyoti”, “Xor aranjirovkasi”, “Xor solfedjiosi”, “Xor partiturasini o’qish”, “Vokal”, “Vokal ansambli”, “Vokal jamoalari bilan ishlah uslubiyoti”, “Ovoz postanovkasi” dan taxsil beriladi. Bu fanlarning asosiy maqsadi bo’lajak xor va vokal ansambllari raxbarlari pedagoglariga dirijyorlik, kuylash san’ati, qo’shiqlarni xor yoki ansambllarga moslashtirish, jamoalar bilan professional ishlashda kerakli bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’rgatishdir.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati:
  • 60112400 – Professional ta’lim: Xalq ijodiyoti (vokal ijrochiligi)
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
  • Xor sinfi
  • Vokal ansambli
  • Dirijyorlik
  • Vokal
  • Ovoz postanovkasi
  • Aranjirovka
  • Xor bilan ishlash uslubiyoti
  • Xor partiturasini o‘qish
  • Dirijyorlik amaliyoti
  • Xor adabiyoti
  • Xorshunoslik
  • Xor solfedjio
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:

   

Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari:

   

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):

   

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:

   

Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari: