2024/2025-oʻquv yilida magistratura mutaxassisligi uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining yagona taʼlim xizmatlari portali magistr.edu.uz orqali joriy yilning 30-iyul kuniga qadar (o‘sha kuni ham) onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, magistratura bosqichi bo‘yicha quyidagi mutaxassisliklar rejalashtirilgan:

 

Shifr Mutaxassislik nomi Ta’lim tili
70210101 Ovoz rejissyorligi: kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi o‘zbek
70210201 Kinooperatorlik o‘zbek
70210202 Teleoperatorlik o‘zbek
70211001 Teatr san’ati o‘zbek
70211003 San’at nazariyasi va tarixi (kinoshunoslik) o‘zbek
70211101 Aktyorlik san’ati: dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati o‘zbek
70211101 Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi san’ati o‘zbek
70211101 Aktyorlik san’ati: qo‘g‘irchoq teatr aktyorligi san’ati o‘zbek
70211101 Aktyorlik san’ati: estrada aktyorligi san’ati o‘zbek
70211201 Rejissyorlik: kino va televideniye rejissyorligi o‘zbek
70211201 Rejissyorlik: estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi o‘zbek
70211201 Rejissyorlik: dramatik teatr rejissyorligi o‘zbek
70211201 Rejissyorlik: musiqali teatr rejissyorligi o‘zbek
70211701 Xalq ijodiyoti: cholg‘u ijrochiligi o‘zbek
70211701 Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya o‘zbek
70211701 Xalq ijodiyoti: ashula va raqs o‘zbek
70211801 Madaniyat va san’at sohasi menejmenti o‘zbek/rus
70211802 Madaniyatshunoslik o‘zbek
70320401 Kutubxona-axborot faoliyati o‘zbek/rus

 

Hujjat topshirish jarayonida nomzodlar platformada:

-oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
-diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
-oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va mutaxassislikni tanlaydi;
-xorijiy tildan olgan sertifikatining elektron nusxasini yuklaydi (yuqoridagi madaniyat va san’at sohasiga doir mutaxassisliklar bo‘yicha B1 va undan yuqori, “Kutubxona-axborot faoliyati” mutaxassisligi uchun B2 va undan yuqori darajali xorijiy til sertifikati talab etiladi).

Batafsil: https://magistr.edu.uz/