Kafedra mudiri: |
![]() Abraykulova Nasiba Erkinovna⌚ Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma: 14:00 – 17:00 ☎ Telefon:71 230 28 31 📧 e-mail: |
Kafedra qisqa tarixi: |
“Sahna harakati” kafedrasi 1945-yildan о‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Institut tashkil bо‘lgandan buyon “Aktyorlik mahorati kafedrasi” qoshida bо‘lajak rejissyor va aktyorlarga “Sahna harakati va raqs” fanlari о‘qitilib kelingan. Keyinchalik О‘zbekiston hamda О‘rta Osiyo Respublikalarida teatr sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarga bо‘lgan talab ortib bordi. Natijada talabalar kontingenti sezilarli ravishda kо‘paydi. Shundan sо‘ng, institut tuzilmasida kо‘pgina о‘zgarishlar bо‘lib, 1975-yilda alohida dekanatlar va kafedralar tashkil qilindi. Shular qatorida “Sahna harakati” kafedrasi ham alohida mustaqil kafedra bо‘lib ajralib chiqdi.
Shu yillar davomida kafedrada, “Sahna harakati va jangi”, “Raqs”, “Ritmika, plastika, pantomima”, “Rejissyorning baletmeyster bilan ishlashi”, “Jismoniy madaniyat va sport”, “Valeologiya”, “Ekologiya”, “Inson hayot faoliyati havfsizligi asoslari” singari fanlar о‘qitilgan. Kafedrada professor-о‘qituvchilardan A.I.Levin, Ali Ardobus, I.M.Protsenko, T.G.Litvinova, S.R.Tanguriyeva, A.F.Ismoilov, SH. Axmedov, D.A. Ismoilov, О‘.Qoraboyev, SH. N. Zokirovlar faoliyat olib borganlar. “Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedraning yetakchi professor-о‘qituvchilaridan PhD doktor, dotsent Han Alam 2022-yil 10-noyabrdan ushbu kafedrada о‘z ish faoliyatini boshlagan. U institutning aktyorlik va rejissyorlik ta’lim yо‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga “Raqs” fanidan dars berib kelmoqda. Han Alam Koreya Respublikasi SUNGSHIN ayollar universitetiining “Jismoniy tarbiya” yо‘nalishida tahsil olgan va shu yо‘nalish bо‘yicha falsafa PhD doktorligini yoqlagan. U kо‘plab ilmiy maqolalar chop ettirgan. Bundan tashqari Koreya Respublikasida о‘tkazilagan kо‘plab xalqaro festivallarda ishtirok etib diplom-sertifikatlarga sazovor bо‘lgan. Kafedrada faoliyat kо‘rsatgan mudirlar:
|
Kafedrada о‘tiladigan fanlar rо‘yhati: |
|
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi: |
|
Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari: |
|
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati): |
2018 yil:
|
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari: |
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, Respublika estrada- sirk kolleji, Toshkent madaniyat kolleji, Samarqand san’at kolleji bilan ilmiy-amaliy hamkorlikka ega. |
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari: |
Kafedra “O’zbek jang san’ati” federatsiyasi, O’zbekiston UShU federatsiyasi, Toshkent viloyati Hapkido federatsiyasi bilan hamkorlik qiladilar. |