Institut hududida 2 ta TTJ mavjud bo’lib, ularning sig‘imi 678 ta talabani joylashtirishga mo‘ljallangan.

1-TTJda 378 ta talaba istiqomat qilib kelmoqda. Shulardan 268 ta o‘g‘il bolalar va 119 ta qiz bolalar hisoblanadi.

2-TTJda jami 293 ta qiz bolalar istiqomat qiladi.

Har bir talaba uchun bir oylik yotoqxona to‘lov miqdori – 202500 so‘mni tashkil etadi.

1-2 TTJda ham talabalar uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, institutimiz rektori I.Yuldashev tashabbuslari bilan yotoqhonaning moddiy, tehnik bazasi 2022-yilning yanvar oyida qaytadan yangilanib, rekonstruksiya qilindi. Har bir xona uchun yangi shkaf va tumbalar, kitob javonlari, 1 va 2 qavatli zamonaviy krovatlar, idish uchun javonlar, oyoq kiyim qo‘yishga mo‘ljallangan jihozlar, matraslar, gilamlar, yangi choyshab va yostiq jildlari, ko‘rpalar bilan ta’minlandi.

Institutdagi TTJlarning har bir qavatida 2 donadan muzlatkich, kir yuvish honasi va kir yuvish mashinalari, dazmol va dazmol qilish uskunasi, kir uchun mo‘ljallangan uskunalar bilan ta’minlangan.

Shuningdek institut yotoqxonalarida Ma’naviyat xonasi, kutubxonalar, tashabbus xonalari mavjud bo‘lib, bu xonalar maxsus yumshoq mebellar, shkaf, kitob javonlari va kitoblar, televizor hamda stol-stullar bilan jixozlangan.

Talabalarning yotoqxonadagi hayotini nazorat qiluvchi 2 nafar tarbiyachi-pedagoglar faoliyat olib boradi. Shu bilan birga TTJlarga kirish postlarida doimiy nazoratchilar va navbatchilar nazoratda turishadi. Talabalarning yotoqhonalarga kirib chiqishlari uchun guvohnomalar joriy etilgan. Har bir TTJ yo‘laklari kameralar bilan muntazam kuzatib boriladi.

Institutimiz TTJlarida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida turli tanlov va musobaqalar muntazam o‘zkazib boriladi. Har bir talabamiz yotoqxonada farovon va hotirjam yashab kelmoqda.

Talabalar turar joylari

Talabalar turar joylari

Talabalar turar joylari

Talabalar turar joylari

Talabalar turar joylari