Kafedra mudiri: |
![]() Xusanov Husniddin Urinovich
|
Kafedra qisqa tarixi: |
2016 yilda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti “Xalq ijodiyoti” fakulteti negizida “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi tashkil etilgan bo`lib, hozirgi kunda kafedraga professor Dusmuradov Beknazar rahbarlik qilmoqda. |
Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati: |
|
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati: |
|
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar: |
Mazkur kafedrada tayyorlanayotgan kadrlarga quyidagi asosiy fanlar bo‘yicha ta’lim beriladi:
|
Magistraturada о‘tiladigan fanlar: |
|
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi: |
“Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan badiiy jamoalar va turli madaniy-ma’rifiy muassasalar uchun “Xalq ashula va raqs ansambllariga rahbarlik”, “Ashula va raqs” kabi mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda. Bu kabi ixtisoslik va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlashda respublikamizning taniqli mutaxassis olimlari va tajribali murabbiylari, professorlar, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Jo‘ra Shukurov, Toxir Yо‘ldoshev, dotsentlardan O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizlari Beknazar Do‘stmurodov, Orolmirzo Safarov, Mashrabjon Ermatov, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti O‘lmas Rasulov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev, Mansur Mamirov, katta o‘qituvchi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Komiljon Mirzayev, o‘qituvchilardan Gulshan Umarova, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Baxodir Sayidov, O‘ktam Rasulov, Shuhrat Almatov, Nuriddin Xolboyev, Zaynab Xudoyorova, Nigora Arzimurodova, Naruz Sobirov, Bashorat Tо‘raboyeva, Shuhrat Xolxо‘jayev kabi mutaxassislar ta’lim berib kelmoqdalar. |
Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari: |
|
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati): |
|
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari: |
Xalqimizning ulkan ma’naviy xazinalaridan sanalmish xalq musiqa merosi va bastakorlar asarlari bilan yosh avlodni tanishtirish ularni milliy an’analarga cheksiz hurmat ruhida tarbiyalash va bugungi kun jahon andozalarga mos o‘quv adabiyotlar dasturlari hamda zamonaviy texnik vositalar asosida ko‘zda tutilgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasining tub maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu bo‘lim talabalari faqat o‘zbek xalq musiqa merosining nazariy bilimlarini egallabgina qolmay, balki, keyinchalik respublikada Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘quv jarayonini tashkil etish, madaniyat va aholi dam olish markazlarida ashula va raqs badiiy jamoalariga rahbarlik qilish va shu yo‘nalishdagi tadbirlarni uyushtiruvchi safida ham faoliyat ko‘rsatish uchun mahoratlarini oshirmoqdalar. |
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari: |
Bugungi kunda kafedra qator O‘zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar Respublika ilmiy-metodik markazi va ilmiy-tadqiqod muassasalari bilan doimiy hamkorlik olib bormoqda. |