Bugun O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sobir Madiyev mas’ullar bilan birgalikda talabalarni turar joy bilan ta’minlash markazlari (infokiosk) faoliyati bilan tanishdi.

Markazda faqatgina talabalar turar joylari emas, balki manzilli ravishda ijara xonadonlarining ro’yxati ham shakllantirilgan bo’lib talabalar uchun har tomonlama qulay bo’lgan tarzda ro’yxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Jarayonda yangi oʻquv turar joy bilan ta’minlash ishlarini adolatli va shaffof tarzda olib borish, belgilangan reglamentga qat’iy amal qilish, birorta talaba eʼtiborsiz qolmasligi, buning uchun bor imkoniyatni ishga solish kerakligi qayd etildi. Shuningdek, talabalarning ota-onalari bilan doimiy muloqot qilish, ayniqsa, ijara xonadonlarning manzili, yashash sharoitlari, uy egasining fe’l-atvori kabi ma’lumotlardan xabardor bo’lish, ma’lumotlarni doimiy yangilab turish zarurligiga ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

ℹ️ 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.