Kafedra mudiri: |
![]() Isayev Kamoliddin Saidovich⌚ Qabul kunlari: Shanba kuni, soat:14:00-17:00 ☎ Telefon:71 230 28 54 📧 e-mail: |
Kafedra qisqa tarixi: |
2016 yil sentabrdan boshlab “Folklor va etnografiya” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 2012 yil 4 iyun “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1771-son qarori asosida tashkil etilgan “Xalq ijodiyoti va an’anaviy qo‘shiqchilik” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqib o‘z faoliyatini boshladi. “Xalq ijodiyoti” fakulteti tasarruvidagi “Folklor va etnografiya” kafedrasining tarixi 1992 yilning sentabr oyidan boshlangan. Kafedra sobiq Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti “Xalq badiiy ijodiyoti” fakulteti qoshidagi “Ommaviy bayramlar rejissyorligi” kafedrasidan 1992 yil alohida kafedra sifatida ajralib chiqib “Xalq ijodiyoti” kafedrasi nomi ostida o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedra tashkil topgan kundan boshlab filologiya fanlari doktori, professor G‘ayrat Jalolov, 2001 yildan esa filologiya fanlari nomzodi, professor S.Yo‘ldosheva kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 1998 yilda sobiq Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti rektori A.O.To‘rayev, kafedra mudiri G‘.O.Jalolov, kafedra dotsentlari S.N.Yo‘ldosheva va N.K.Qosimovlarning say’i-harakatlari va tashabbuslari bilan “Xalq badiiy ijodiyoti” fakultet tarkibida “Folklor-etnografik jamoalari rahbari” bo‘limi tashkil etilgan. |
Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati: |
|
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati: |
|
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar: |
|
Magistraturada о‘tiladigan fanlar: |
|
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi: |
Kafedrada 2 ta professor, 2 ta dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi, 7 ta o‘qituvchi va 2 ta yetakchi konsertmeyster hamda 6 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsatmoqda. Ashirov Adxam Azimjanovich – professor, (o‘rindosh) Eshonqulov Jappor Soliyevich– professor., (o‘rindosh) Abdullayev Rustam Mamarajabovich– O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Muxammedova Dilorom – katta o‘qituvchi Kurbanova Umida Shakirovna –katta o‘qituvchi Kudaybergenova Bibiaysha Bazarbayevna – o‘qituvchi Xayitov Zafar Soatovich – o‘qituvchi Isayev Kamoliddin Saidovich – o‘qituvchi Davronov Bekzod Diyor o‘g‘li – o‘qituvchi Xudoybaxshov Kamoliddin Xasan o‘g‘li – o‘qituvchi Sunatillayev Asatilla Sunnatovich – o‘qituvchi Xо‘jayeva Hilola Qalandarovna – o‘qituvchi (o‘rindosh) |
Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari: |
|
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati): |
1. Axmedova O. “О‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi Kengashdan 2018 yil, 7 dekabrdagi № 1000-107 guvohnomasi asosida nashr uchun tavsiya etilgan. 2. Abdullayev R. “Yakkaxon qо‘shiqchilik” nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi Kengashdan 2018 yil, 27 martdagi № 274-080 guvohnomasi asosida nashr uchun tavsiya etilgan. |
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari: |
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bо‘yicha” PQ-3698 qarorlaridan kelib chiqib fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi uzviyligini ta’minlash maqsadida Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi, О‘zRFA О‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining “Folklor” bо‘limi, О‘zRFA Tarix institutining “Etnologiya va antropologiya” bо‘limi, О‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi bilan 2018 yilning 5 oktabrida innovatsion hamkorlik sharnomalri imzolandi. Kafedra negizidagi ta’lim yо‘nalishlari talabalari va mutaxassislikning magistrantlari hamkorlik doirasida о‘tkazilayotgan ilmiy-nazariy anjumanlar, ilmiy-ijodiy seminarda о‘z ijodiy chiqishlari hamda ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. |
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari: |
Kafedra Toshkent madaniyat kollejining “Folklor san’ati” kafedrasi hamda Respublikada faoliyat olib borayotgan madaniyat boshqarmalari, madaniyat markazlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarni olib boradi. |