Kafedra mudiri:
«Kutubxonashunoslik» kafedrasi

О‘rozov Abdurasul Norboyevich

Qabul kunlari: har kuni : 15:00-16:00

Telefon: 71 230 28 12

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
О‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti rektorining 2019 yil 3 sentabrdagi 57/1-PО‘P-sonli buyrug‘i bilan “Kutubxonashunoslk” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra mudiri. Davlat mukofoti sovrindori A.N. О‘rozov. Hozirgi kunda kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilar filologiya fanlari doktori, professor I.J.Yuldashev, falsafa fanlari nozodi, dotsent О‘.Nosirov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.X.Davlatov, katta о‘qituvchi I.K.Say, о‘qituvchilar M.M.Isaqov, N.I.Shamuratova, N.R.Usmanova.
Kafedraning tarixi 1959 yilda Nizomiy nomidagi TDPU “Kutubxonashunoslik” fakultetida “Kutubxonashunoslik” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedra mudiri sifatida t.f.d.professor O.G.Qosimova faoliyat olib borgan. 1974 yili TDMI tashkil etilishi munosabati bilan kafedra fakultet bilan birgalikda institut qoshida qayta tashkil etildi. Kafedraga t.f.d.professor O.G.Qosimova kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan. 1992 yildan boshlab kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.M.Rasulov, filologiya fanlari nomzodi S.X.Davlatov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.X.Maxmudov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.I.G‘aniyeva, falsafa fanlari nomzodi, dotsent О‘.Nosirovlar rahbarlik qilgan.
Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan bir qator monografiyalar, darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar nashr etilgan. Masalan, “Umumiy kutubxonashunoslik” (darslik), (O.Qosimova, T.Yesimov), “О‘zbekistonda kutubxonachilik tarixi” (о‘quv qо‘llanma), (O.Qosimova), A. I. Kormilitsin, M. M Rasulov,S. X. Davlatov kutubxonashunoslik ishining nazariyasi va tarixi kasb-hunar kollejlari uchun о‘quv qо‘llanma “Kutubxonashunoslik” (о‘quv qо‘llanma), (S.X. Davlatov, О‘. Nosirov, Z.SH.Berdiyeva, A.N. О‘rozov), “Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti” (о‘quv qо‘llanma), (I.J.Yuldashev, О‘.Nosirov, “Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar” (monografiya), (О‘.Nosirov) va boshqalar.
Hozirgi kunda kafedra a’zolari tomonidan “Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti”, “О‘zbekiston va xorijda kutubxonachilik ishi tarixi” majburiy fanlar, magistratura mutaxassisliklari uchun “Kutubxonashunoslik fanining tarixi va evalyusiyasi” fanlaridan darslik va о‘quv qо‘llanmalar nashirga tayyorlanmoqda.
Kafedra a’zolari tomonida Scopus va Web of Sciences xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda va OAK e’tirof etgan jurnallarda hamda turli xil konferensiyalar materiallarida maqolalar chop etish an’naga aylangan. Hozirgi kunga qadar kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan kutubxonachilik va kutubxonashunoslikning dolzarb muammolari va yechimiga qaratilgan 400 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan.

Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati:
  • 60320400-Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati:
  • 70320401-Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)
Kafedrada о‘tiladigan fanlar rо‘yhati:
  1. “Kutubxonashunoslik”
  2. “О‘zbekiston va xorijda kutubxonachilik ishi tarixi”
  3. “Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti”
  4. “Kitob tarixi”
  5. “Kutubxona-axborot faoliyatining meyoriy huquqiy asoslari”
  6. “Kutubxonalarning innovatsion faoliyati”
Magistraturada о‘tiladigan fanlar:
  1. “Kutubxonashunoslikka oid tadqiqotlarni tashkil etish metodikasi”
  2. “Maxsus fanlarni о‘qitish metodikasi”
  3. “Kutubxonashunoslik fanining tarixi va evalyusiyasi”
  4. “Yangi О‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi va kutubxonashunoslik fanining dolzarb muammolari”
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
Kafedra professor-о‘qituvchilari: Hozirgi kunda kafedrada 8 nafar professor-о‘qituvchilar, jumladan, 1 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar katta о‘qituvchi va 4 nafar о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatmoqda.
“Kutubxonashunoslik” kafedrasi о‘qituvchilari haqida ma’lumot:

  1. О‘rozov A.N., kafedra mudiri, davlat mukofoti sovrindori, katta о‘qituvchi
  2. Yuldashev I.J., filologiya fanlari doktori, professor
  3. Davlatov S.X., filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  4. Nosirov О‘., falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  5. Say I.K., о‘qituvchi
  6. Isaqov M.M., о‘qituvchi
  7. Shamuratova N.I., о‘qituvchi
  8. Usmanova N.R., о‘qituvchi
Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari:

   

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
S.X. Davlatov, О‘. Nosirov, Z.SH.Berdiyeva, A.N. О‘rozov “Kutubxonashunoslik” о‘quv qо‘llanma;
I.J.Yuldashev, О‘.Nosirov “Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti” о‘quv qо‘llanma

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:

   

Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
Kafedra quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi:
A.Navoiy nomidagi О‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi
О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi
О‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona markazi
“Bilim” Toshkent shahar axborot-kutubxona markazi
Respublika bolalar kutubxonasi
QQR va viloyatlar axborot-kutubxona markazlari