Kafedra mudiri: |
![]() Isokov Ziyodullo Safaraliyevich⌚ Qabul kunlari: Chorshanba kuni soat: 9:00-13:00 ☎ Telefon:71 230 28 26 📧 e-mail: |
Kafedra qisqa tarixi: |
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi umuminstitut kafedrasidir. Hozirda kafedraga tarix fanlar nomzodi Isoqov Ziyodullo Safaraliyevich mudirlik qiladi.
Kafedra o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan huquqiy-meyoriy bazaga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa meyoriy hujjatlar, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nizomi hamda kafedra Nizomiga tayangan holda amalga oshiradi. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi Toshkent Davlat madaniyat instituti va O‘zbekiston Davlat san’at institutlari tegishli kafedralarining birikuvi natijasida 2012 yilda tashkil topgan. Turli yillarda kafedraga X.Salohitdinov, H.Abdullayev, X.Vohidov, T.Fayziyev, M.Yusufxo‘jayev, A.Salamov, P.Niyozov, L.Yahyoyeva, U.Hasanov, SH.Akramov, U.Kerimov, M.Rahimov, A.Yunusov, S.Akobirov, E.Karimova, J.G‘aniyev, N.Umarovalar rahbarlik qilgan. Shuningdek, professor-o‘qituvchilardan A.Zamostyaniy, R.Tregulov, N.Kachanovskiy, K.Oripov, V.Ivanov, M.Tagiyev, K.Xudoyqulova, M.Kapustin, SH.Yahyoyev kafedra tarixida muayyan iz qoldirganlar. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mustaqillik yillarida o‘zining o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyatini tubdan o‘zgartirdi. Hozirgi kunda kafedra faoliyatida zamonaviy fanlarning yutuqlariga, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotiga tayaniladi. Hozirgi kunda tarix fanlari nomzodi Z.Isoqov, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Z.Arislanbayeva, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent T.Fayziyev, falsafa fanlari nomzodlari B.Irismetov va O‘.Nosirovlar hamda katta o‘qituvchilar F.Bakayeva, O‘.Mavlonov, o‘qituvchilar S.Xidirov, G.Umaralieva kafedrada faoliyat yuritib, o‘quv jarayonini nazariy va uslubiy jihatdan takomillashtirish, fan va amaliyotdagi yutuqlarni o‘quv jarayoniga singdirish ishlariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Kafedradagi ilmiy-tadqiqot ishlari «Ijtimoiy-gumanitar fanlar muammolarini tadqiq etish – jamiyatni modernizatsiyalashning muhim omili» mavzusi doirasida amalga oshiriladi. Kafedrada muntazam ravishda o‘tkaziladigan ilmiy-uslubiy seminarlarda kafedra a’zolarining ilmiy ma’ruzalarini tinglash va muhokama qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra doirasida iqtidorli talabalarni qamrab olgan “Ijodkor” to‘garagi faoliyat yuritadi. |
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar: |
|
Magistraturada о‘tiladigan fanlar: |
|
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi: |
Isoqov Z. Irismetov B. Arislanbayeva Z. Mavlonov О‘. Umaraliyeva G. |
Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari: |
|
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati): |
|
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari: |
Kafedrada О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent temir yо‘l muhandislari instituti, A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti kafedralari bilan imzolangan о‘zaro hamkorlik shartnomalari doirasida ilmiy va amaliy faoliyat yо‘lga qо‘yilgan. Hamkorlik doirasida yuqorida zikr etilgan kafedralar bilan: • ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi; • hamkorlikda о‘quv adabiyotlari yaratiladi; • maqolalar yozish va chop etishda hamkorlik qilinadi; • hamkorlikda ilmiy-nazariy anjumanlar, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi; • talabalarning malakaviy amaliyotini о‘tash bо‘yicha hamkorlik faoliyati olib boriladi; • bayram dasturlarini tuzish va о‘tkazishda amaliy yordam kо‘rsatiladi. |
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari: |
|