Bo’lim boshlig’i:
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bо‘limi

Davlatov Oybek Gʻaniyevich

Qabul kunlari: har kuni soat 10:00–17:00

Telefon:71 230 28 14

📧 e-mail:

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi haqida:
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, ya’ni doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar institutlari orqali oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarni, iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb qilish, institutda davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajariladigan amaliy, innovasion, yosh olimlar va fundamental tadqiqotlarning faoliyatini, ularning chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarining tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazoratini olib boradi.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kiruvchi talabgorlarga qo‘yiladigan talablar:
Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish OTM yoki ITMlari tashkil etadigan qabul komissiyalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi.
Tayanch doktoranturada о‘qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari natijalariga kо‘ra, doktoranturaga esa suhbat natijalariga kо‘ra amalga oshiriladi.
Mustaqil izlanuvchilik institutiga rasmiylashtirish suhbat natijalariga kо‘ra amalga oshiriladi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplomga ega bо‘lish;
– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bо‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yо‘nalishlar bо‘yicha ilmiy ishlar tо‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bо‘lish.
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bо‘limi
Doktoranturaga quyidagilarga ega bо‘lganlar qabul qilinadi:
– magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.
Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumot (ob’yektivka – namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida);
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi;
– Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
– ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun);
– pasport nusxasi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa);
– til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (kamida B2).
Institutning ilmiy salohiyati
Institutda jami 334 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi.
Ulardan 12 nafari fan doktori, 61 nafari fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD), 17 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lmagan professorlar, 60 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lmagan dotsentlar.
Ilmiy salohiyat – 44,9%.
Hozirgi kunda institutda Tayanch doktorantura (PhD) tadqiqotchilari 11 nafar va mustaqil izlanuvchi (PhD)lar 38 nafarni tashkil etadi.
Institutda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun alohida “Doktorlik ta’limi markazi” tashkil etilgan bo‘lib, ushbu markaz internet tarmog‘iga ulangan kompyuter jamlanmasidan iborat zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlangan.
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bо‘limi
Institutda mavjud ilmiy maktablar:
“San’atshunoslik” kafedrasida “Teatrshunoslik”, “Aktyorlik va rejissyorlik”, “Dramaturgiya” yo‘nalishlarida olimlar, fan va san’at arboblarining ilmiy maktablari asosida izlanishlar olib boriladi. Jumladan, akademik Mamajon Rahmonov, san’atshunoslik fanlari doktorlari Muhsin Qodirov, Toshpo‘lat Tursunov, Sotimboy Tursunboyevlarning “O‘zbek va jahon teatri tarixi”ni o‘rganish bo‘yicha, O‘zbekiston Respubdikasi xalq artistlari Malik Qayumov, Shuhrat Abbosovlarning “Kino san’ati” bo‘yicha, akademiklar Aziz Qayumov va Izzat Sultonlarning “O‘zbek mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi”ni o‘rganish bo‘yicha yaratgan ilmiy-uslubiy maktablari asosida tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, san’atshunoslik fanlari nomzodlari, dotsentlar O.Rizayev, G.Xalikulova, T.Rashidov, I.Abdurahmonov, J.Mamatqosimov, N.Karimovalar fan doktori (DSc ) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda.
Kafedralarda faoliyat ko‘rsatayotgan 49 nafar yosh mutaxassislar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ana shu maktablar asosida ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanishmoqda.