Kafedra mudiri:
“Cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi” kafedrasi

Turatov Sobirjon Turdibekovich

Qabul kunlari: Chorshanba,Juma kunlari, soat:10:00-12:00

Telefon:71 230 28 56

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 4 iyundagi №1771-sonli “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori asosida “Xalq ijodiyoti” fakulteti tarkibida tashkil etilgan.
Kafedra xalq ijodiyotining turlari, xususan cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha, shuningdek o‘rta maxsus ta’lim muassasalari (madaniyat va san’at kollejlari) hamda bolalar musiqa va san’at maktablarining cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha pedagoglarini tayyorlashga ixtisoslashgan.
Kafedrada shuningdek, Xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar ham tayyorlanadi. Ular magistrlik darajasini olgandan keyin oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy pedagogik va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi.
Kafedra pedagoglari faol ilmiy va ijodiy ishlarni davom ettirish qatorida o‘zlarining ijro mahoratlarini o‘stirish ustida ish olib borishadi va doimiy ravishda o‘z talabalari birgalikda ijodiy hisobot konsertlarini o‘tkazib turishadi. Ular o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘rindoshlik asosida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish, ushbu muassasalarga uslubiy va amaliy yordamni tashkil etish, shuningdek master klasslar o‘tkazish orqali aloqalarni mustahkamlashga harakat qilishadi.

Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati:
  • 60112400 – Professional ta’lim: Xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi)
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati:
  • 70211901 – Xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi)
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:
  1. Orkestr sinfi
  2. Ansambl sinfi
  3. Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
  4. Dirijorlik asoslari. Dirijorlik
  5. Maxsus cholg‘u
  6. Xalq cholg‘ularini o‘rganish
  7. Cholg‘ushunoslik. Cholg‘ulashtirish
  8. Musiqada zamonaviy texnologiya
Magistraturada о‘tiladigan fanlar:

   

Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
Kafedrada 3 ta professor, 2 ta dotsent, 4 ta katta o‘qituvchi, 5 ta o‘qituvchi va 2 ta yetakchi konsertmeyster hamda 4 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsatmoqda:
Xakimova Feruza Abdumanabovna – kafedra mudiri
Tashmatov Urazali Gafurovich – professor
Islamov Dilmurat Muxutovich – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor v.b.
Jumaev Sobirjon Saidovich – professor (o‘rindosh)
Turatov Sobirjon Turdibekovich – dotsent v.b.
Shermatov Komiljon Erkinovich – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, katta o‘qituvchi
Rajabov Xikmat Jumayevich – katta o‘qituvchi
Turopov Zulxorbek Zaynobiddinovich – katta o‘qituvchi (o‘rindosh)
Vaxidov Yusufjon Kadirovich – o‘qituvchi
Mo`minova Zulfiya Ibrohimovna – o‘qituvchi
Beknazarov Xurshid Qaxramonovich – o‘qituvchi
Zuparova Fotima Rixsiyevna– o‘qituvchi
Ataxodjayev Muxitdinxo‘ja Azizxodjayevich– o‘qituvchi (o‘rindosh)

Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari:
Professor Tashmatov Urazali Gafurovich-A1-011 “Nomoddiy madaniy merosning tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlarini ta`lim tizimiga tadbiq etish” amaliy loyiha ishtirokchisi (2015-2017 yillar);
Kafedra dotsent v.b. Turatov Sobirjon Turdibekovich – BV-Atex-2018-251 «Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish» amaliy loyiha ishtirokchisi (2019 yil).

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
1. Professor U.Toshmatov, o‘qituvchi X.Beknazarovlarning “Cholg‘ushunoslik”, darsligi “Turon-Iqbol” nashriyotida chop etildi. Toshkent-2018.
2. Dotsent v.b. S.Turatovning “Xalq cholg‘ularini o‘rganish” o‘quv qo‘llanmasi “Turon-Iqbol” nashriyotida chop etildi. Toshkent-2018.

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
• Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar Respublika ilmiy- metodik markazi;
• O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi;
• O‘zbekiston davlat filormoniyasi qoshidagi Milliy estrada simfonik orkestri;
• O‘zbekiston Respublikasi Bolalar musiqa va san’at maktablari;
• Toshkent madaniyat kolleji;
• O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyi bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
• O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi;
• O‘zbekiston davlat filormoniyasi qoshidagi Milliy estrada simfonik orkestri;