Kafedra mudiri: |
![]() Abduvohidov Faxriddin Meligaliyevich⌚ Qabul kunlari: Har ish kuni soat:10:00-16:00 ☎ Telefon:71 230 28 25 📧 e-mail: |
Kafedra qisqa tarixi: |
2012 – yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tashkil etildi. Avvalgi O‘zbekiston Davlat san’at institutining “San’atshunoslik” hamda A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining “O‘zbekiston tarixi va madaniyatshunoslik” kafedralari qo‘shilib, yangi tizimdagi “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi tuzildi.
“San’atshunoslik” kafedrasi 1945-yili shu nomda institut bilan bir vaqtda tashkil etilgan. 1954-yilgacha u o‘zida barcha san’atshunoslik fanlarini mujassam etgan. Kafedra tarkibida ikkita – teatr, musiqa va tasviriy san’at kabinetlari bor edi. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri professor M. S. Grigorev bo‘lgan. 40-50 yillarda san’atshunoslik nomzodi H.D.Ustaboyeva, A. M. Efros, K. D. Beryozin, N. S. Krikun, san’atshunoslik doktori N. V. Mins, san’atshunoslik nomzodi Y. S. Feldman, I. Akbarov, S. M. Veksler, Karseva, I. D. Ignateva, san’atshunoslik nomzodi A. M. Ribnik kabi o‘qituvchilar faoliyat yuritgan. Kafedraga 1955-yildan Yakov Salomonovich Feldman mudir etib tayinlangan. Keyinchalik “Teatrshunoslik” yо‘nalishini bitirib chiqqan: T. I. Silmenshteyn, T. T. Tursunov, M. X. Qodirov, M. R. Rahmonov, Y. E. Gershberg, T. Bayandiyev, S. T. Tursunboyev, I. Po‘latov, T. Islomov, I. Rahimjonov, G. Rahmonova kafedrada murabbiylik faoliyatlarini boshlaydi. 1974 yildan “Teatrshunoslik” kafedrasiga professor T. T. Tursunov rahbar etib tayinlangan. Kafedraga 1998-2003 yillar teatrshunos, san’atshunoslik nomzodi, professor Toir Islomov mudirlik qildi. 1990-2005 yillarda kafedrada yetuk teatrshunos olimlar: M. T. To‘laxo‘jayeva, M. A. Hamidova, H. I. Ikromov, I. A. Muxtorov, O. Z. Rizayev, S. M. Qodirova, N. B. Oqilov, G. R. Hamrayeva, M. B. Umarov, N. B. Sayfullayev, T. I. Yo’ldashev, hamda tajribali dramaturglar H.Rasul, Erkin Samandar, H. Muhammad, E. Xushvaqtovlar faoliyat yuritdi. Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutida 1974-yil aprel oyida “Tarix” kafedrasi tashkil qilinib, unga tarix fanlari nomzodi, dotsent U.X.Kamolov kafedra mudiri etib tayinlangan. Dastlab, kafedrada Respublikamizda ko‘zga ko‘ringan fan fidoyilari, professorlar X.Shukurova, R.Madrahimova, akademik A.Asqarov, M.Ishoqov, A.G‘.Abdunabiyev, G.N.Chobrov, dotsentlar H.A.Turdiyev, E.M.Chernix, M.A.To‘laganova, V.G.Razina faoliyat yuritganlar. 1996 yili kafedra “O‘zbekiston tarixi va madaniyatshunoslik” deb qayta nomlangan (mudir professor A.Mavrulov), 2008 yildan kafedraga dotsent Q.V.Nishonboyeva rahbarlik qilgan. Kafedrada asosan o‘quv rejasidagi birinchi blokdagi fanlar o‘qitilib, 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab 5A810401-“Madaniyatshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha magistratura bo‘limi ochilgan. “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi san’atshunoslik fani va ta’limi, amaliy tanqidchilik, ommaviy axborot vositalari, badiiy-dramaturgik ijod kabi uch mutaxassislik bo‘yicha (teatrshunoslik, san’atshunoslik jurnalistikasi, sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi) bakalavriat bosqichida san’atshunos kadrlar tayyorlaydi. Institutning boshqa barcha bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda ham ishtirok etadi. Kafedra asosan o‘quv rejada tasdiqlangan umum kasbiy, ixtisoslik fanlari bloklaridagi san’at turlari, tarixiy va nazariy predmetlari bo‘yicha dars olib boradi. Shuningdek, Teatr san’ati, San’at nazariyasi va tarixi (kinoshunoslik) “Madaniyatshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlar tahsil oladi. Hozirgi kunda Abduvohidov Faxriddin kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda. |
Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati: |
|
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati: |
|
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar: |
|
Magistraturada о‘tiladigan fanlar: |
|
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi: |
Asosiy shtat: Rizayev O.Z. – kafedra mudiri, dotsent, fan nomzodi Bayandiyev T. B. – professor v. b., fan doktori, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi Tо‘laxо‘jayeva M. T. – professor, fan doktori Qodirova S.M. – dotsent, fan doktori Nishonboyeva Q.V. – dotsent, fan nomzodi Abduvohidov F. M. – katta о‘qituvchi Mufti-zade G. –о‘qituvchi Umarov M.B. – professor, fan nomzodi Sodiqova M.A. –dotsent NusratovaSh.I. – kattaо‘qituvchi Xaytmatova S.A. – dotsent, fan nomzodi Isoqova M.K. – katta о‘qituvchi Umarov S.B. – о‘qituvchi Abdunazarova N.R. – о‘qituvchi PirmatovM.Sh. – о‘qituvchi Isroilova M.A. – о‘qituvchi O’rindoshlik asosida: |
Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari: |
|
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati): |
|
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari: |
|
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari: |
|