ARM direktori: |
![]() Kuzieva To’xtaxon Abdurashidovna⌚ Qabul kunlari: Har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 09:00 dan 16:00 gacha. ☎ Telefon:71 230 28 58 📧 e-mail: |
Axborot-resurs markazi haqida: |
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to’g’risida”gi (2012 yil, 4 iyun, PQ-1771) qarori asosida institut Axborot-resurs markazi o’z ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda kutubxona tarmog’ini tashkil qilishda zamon talablarini hisobga olgan holda, o’sib kelayotgan yosh avlodning intelliktual ehtiyojlarini qondirishga shu bilan birga aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun kerakli bo’lgan sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 20-iyundagi PQ-381-sonli qarori va Oliy ta’lim vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 295-sonli buyrug’iga asosan Axborot-resurs markaziga aylantirildi. 2011-yil 23-fevral “2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot kutubxona va axborot-resurs хizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1487-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-aprel “Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida”gi O’PQ-280-sonli qonuni va 2019 yil 7 iyundagi PQ-4354 sonli O’zbekistin Respublikasi Prezidentining “O’zbekistin Respublikasi aholisiga Axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish” to’g’risidagi qarorlari asosida ishlar olib borilmoqda.ARM fondi 14302 nomda, 87361 nusxadagi adabiyotlardan iborat. Kitobxonlarimiz 2032 ta, o‘rtacha kitob o‘qilishi 92%, kitob bilan ta’minlanish 84%, qatnov 96% ni tashkil etаdi.Vaqtli matbuot nashrlari uchun ham salmoqli darajada obuna tashkil qilindi. Jami 34 nomda 157 nusxada gazeta-jurnalga obuna qilingan bo‘lsa, shundan 18 nomda 133ta gazeta, 16 nomda 24ta jurnal, Jami vaqtli matbuot nashrlari uchun 17502425 so‘m mablag’ ajratildi.Vaqtli matbuot nashrlari uchun ham salmoqli darajada obuna tashkil qilindi. Jami 34 nomda 157 nusxada gazeta-jurnalga obuna qilingan bo‘lsa, shundan 18 nomda 133ta gazeta, 16 nomda 24ta jurnallardan iborat. Axborot-resurs markazining moddiy-texnik bazasi qoniqarli ahvolda. Axborot-resurs markazi 17 ta kompyuter, 5 ta skaner, 5 ta printer va 5 ta nusxa ko’chiruvchi texnik jihozlar bilan ta’minlangan. Ichki tarmoq mavjud va institut tarmog’iga hamda Internetga ulangan. Kitobxonlar muntazam ravishda internetdan foydalangan holda respublikaning barcha OTMning ARMlaridan, institutimiz ARMining elektron katalogidan adabiyotlar qidirib topishlari va elektron resurslardan foydalanishlari mumkin. Axborot-elektron resurslar bo’limida disklar (mavzuli, EBSCO), institutimiz professor-o‘qituvchilarining o‘quv qo‘llanmalari, dasrliklar, o’quv-uslubiy majmualari, maqolalar va boshqa materiallari mavjud. “Ziyonet” tarmog’idan madaniyat va san’at sohasiga doir adabiyotlarning elektron nusxalari muntazam ravishda ko’chirib olinmoqda. ARMda ARMAT dasturi asosida kutubxona-axborot tizimi tashkil etilgan. ARM fondining elektron katalogi yaratilmoqda. Boshqa ARMlardan farqli ravishda ARM fondini tashkil etuvchi barcha retroadabiyotlarning ham yangi adabiyotlar bilan bir qatorda bibliografik ma’lumotlari katalogga kiritilmoqda. Har bir kitobga annotatsiya, 3 tadan kalitli so‘z ham berib borilyapti. “ARM chitatel” bo‘yicha kitobxonlar haqidagi ma’lumotlar kompyuterga kiritilmoqda. Kitobxonlar ARM fondida mavjud bo‘lmagan adabiyot haqidagi ma’lumotlarni boshqa ARMlarning EK dan topishlari mumkin.Elektron resurslar bo`limda foydalanashuvchilar uchun adabiyotlarning tulik matnlari ham yaratilgan. Foydalanuvchilar ARMda mavjud adabiyotlarni qidirib topishda elektron hamda an`anaviy katalogdan foydalanishadi. Institut ARM Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi ARMlar hamda barcha kollej va litseylarning ARM xodimlariga ARM ishi bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi, “Turon” nomli Toshkent viloyat Axborot kutubxona markazi, Respublika Bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Muntazam ravishda yangi adabiyotlar haqida ma’lumotni bibliografiya bo‘limi tomonidan har chorakda nashr qilinadigan «Axborot bulleteni» orqali professor-o‘qituvchilarni institutimiz ilmiy kengashida va fakultetlar kengashida tanishtirib boriladi. ARM institutning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, xotin-qizlar kengashi hamda kafedralar bilan hamkorlikda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib keladi. Jumladan, “Dramaturg+” to’garagi bilan soxa mutaxassislariga oid mashxur shaxslar bilan ijodiy uchrashuvlar, muhim va unutilmas sanalarga bag’ishlan tadbirlar va kitob ko’rgazmalari tashkil etib boriladi. ARM o‘z ish faoliyatini Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, Madaniyat Vazirligining ARM ishiga oid farmonlari, qaror va ko‘rsatmalari, me’yoriy hujjatlari, ARM Nizomi asosida ish olib boradi. |
“Eng faol kutobxon” tadbiridan lavhalar |
|
KITOBXONLIKKA SAFARBARLIK |
Kitob о‘qiydigan, ma’naviyati yuksak insonning dunyoqarashi keng bо‘ladi. О‘zbekiston Respblikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yо‘lga qо‘yish bо‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdilar. Shulardan Tо‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular о‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bо‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yо‘naltirilgan. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mazkur tashabbus doirasidagi ishlar samarali tarzda amalga oshirilib kelinmoqda. Institut rektori, Professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida oliy ta’lim muassasasining Axborot resurs markazida “Kitob bilan kelajak sari!” shiori ostida “Kitob о‘qishga keling bir finjom bepul kofe iching!” mega aksiyasi start oldi. Bu amaliy tadbir talabalarimizni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirdi hamda kutubxonada kitobxonlik darajasini o’sishiga sabab bo’lmoqda.
Rektor Ibrohim Yuldashev mazkur aksiya jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Tobora bilimga chanqoq, kitobsevar yoshlar auditoriyasi kengayib borayotganini ta’kidlab о‘tdilar. Bu esa yurtimizning yorqin taraqqiyotida muhim poydevor bо‘lishi shubhasiz. |