5-iyun kunidan boshlab 2026-2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
2026-2027-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.
1-bosqichda abituriyentlar 2026-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:
Faqat test sinovida ishtirok etsa:
✅fanlar majmuasi;
✅taʼlim tili;
✅test topshirish hududi.
🟢Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa:
➡️taʼlim tili;
➡️test topshirish hududi;
➡️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
➡️kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh.
Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.
2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:
➡️oliy taʼlim muassasasi;
➡️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
➡️taʼlim shakli;
➡️tanlov ustuvorligi.
Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
| О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 2026-2027 о‘quv yili qabul jarayoni uchun mas’ul xodimlarning telefon raqamlari |
| 1 | Sayfullayev Nodirbek Baxtiyorovich | O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, qabul komissiyasi raisi | (+99871) 230-28-06 |
| 3 | Ergashev Shohbek Muzaffarjon o‘g‘li | Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori | (+99871) 230-28-06 |
| 4 | Madiyev Sobir Xaitkulovich | O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, qabul komissiyasi raisi o‘rinbosari | (+99871) 230-28-08 |
| O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayoni uchun MUROJAATLAR MARKAZI (call-center) va MASLAHATLAR XONASI XODIMLARI TARKIBI |
| 1 | Qulmurodov Oybek Sirojiddin o‘g‘li | Qo‘g‘irchoq teatr san’ati kafedrasi o‘qituvchisi | +998712302842 +998701227444 |
| 2 | Dadayeva Dilbar Shomurodovna | Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi kutubxonachisi | +998712302842 +998957014200 |
| 3 | Nurbabayeva Dilfuza Xayretdinovna | Kutubxona-axborot faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi | +998712302848 +998973458458 |
| 4 | Abdusalomov Fazliddin Nizomjon o‘g‘li | Registrator ofisi menejeri | +998712302840 +998200288425 |

