Kafedra mudiri: |
![]() Ibragimova Umida Navruzovna⌚ Qabul kunlari: seshanba, payshanba, shanba: 14:00 – 17:00 ☎ Telefon:71 230 28 35 📧 e-mail: |
Kafedra qisqa tarixi: |
1945 yilda tashkil qilingan kafedraga Nazira Aliyeva va Lola Xо‘jayeva О‘zbekiston san’atiga munosib ulush qо‘shib, sahna, kino, radio, televideniyemizning kechasi, buguni va ertasini belgilay oladigan о‘zbek sahna nutqi maktabi poydevorini yaratdilar. S.Imonxо‘jayev birinchi marta kafedra uchun nihoyatda zarur bо‘lgan “Badiiy о‘qish asoslari”, “Ifodali о‘qish asoslari”, “О‘tmish sharq notiqligi”, L.Xо‘jayeva bilan birga “Badiiy sо‘z san’ati asoslari” qо‘llanmalarini yaratdi. 1985 yilgacha kafedraga professor Lola Xо‘jayeva, 1985 yildan 1987 yilgacha A.Sayfuddinov, 1987-1988 yillar O. Suzdalseva, 1989 yildan 1997 yilgacha esa teatrshunos olim Inoyatilla Pо‘latov, 1997-2011 yillarda Isoqtoy Djumanov, rahbarlik qilgan. Kafedraga 2011 yil mart oyidan M.Xodjimatova, 2017 yil dekabr oyidan I.Djumanov rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedraning tajribali ustozlari Pedagogika fanlari nomzodi, professor A.Nosirova, professor I.Jumanov, San’atshunoslik fanlari nomzodi G.Xoliqulova, kafedra mudiri, dotsent M.Xojimatova, dotsent R.Qodirov rahbarligida shakllangan va takomillashayotgan о‘qitishning zamon talabiga mos yangi pedogogik texnologiyalari hamda uning nazariy, ijodiy, amaliy asoslari singdirilmoqda. Kelgusida kafedra an’anaga tayangan holda yangi о‘quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish bilan barobar san’at va madaniyat sohalarining yetuk mutaxassislarini yetishtirishda imkoniyatlar mavjudligini e’tirof etamiz. |
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar: |
|
Magistraturada о‘tiladigan fanlar: |
|
Kafedraning professor о‘qituvchilarining tarkibi: |
Ichki о‘rindoshlar:
Tashqi о‘rindoshlar:
|
Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari: |
|
Kafedraning ilmiy ishlari (ohirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati): |
1 ta darslik:
4 ta о‘quv qо‘llanma;
|
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari: |
Kafedra qoshida tahsil olayotgan bakalavr talabalar Respublikaning turli kollej va oliy ta’lim muassasalarida amaliyot jarayonida ilmiy-ijodiy faoliyat yuritib kо‘nikma va malakaga ega bо‘ldilar. Talabalari kollejlarda turli tadbirlarni tashkillashtirib ilmiy-ijodiy ishlar olib bordi, talabalarimiz kollejlar, radio, televideniye, dublyaj san’atida, boshlovchilik, suxandonlik, dublyaj rejissyorligi sohalarida faoliyat yuritmoqda. Muqimiy nomidagi о‘zbek davlat musiqali teatrida dotsent R.Qodirov tomonidan Ch.Aytmatovning “Sarviqomat dilbarim” asari insinirovka qilinib, yangi, innovatsion talqinda sahnalashtirildi. Xozirgi kunda teatr repertuarida mustahkam о‘rin oldi. Shuningdek viloyat musiqali teatrlari, hamda qо‘g‘irchoq teatrlarida jumladan, Andijon, Surxandaryo,Samarqand,Farg‘ona, Jizzah, Respublika qо‘g‘irchoq teatrlarida sahnalashtirilgan spektakllarning sahnalashtirilishida pyesalar yaratilib amaliy kо‘mak berilib kelinmoqda. Samarqanda va Sirdaryo musiqali teatrlarida esa dramaturgiya, rejissura, aktyorlik mahorati va sahnaviy nutq amaliyotidagi muammolar, yutuq va kamchiliklar о‘rganilib, tegishli tahliliy xulosalar qilindi. Bu haqda ilmiy maqola mustaqil tadqiqotchi U.Ibragimova tomonidan tayyorlanmoqda. Viloyat qо‘g‘irchoq teatrlarida dotsent I.Djumanov tomonidan yaratilgan “Ochil dasturxon”, “Uchar kovush”, “Uchta quvnoq dо‘mboqcha”, “Sandiqsoz usta” sahnalashtirilib, yosh tomoshabinlarga namoyish etilmoqda. 2019 yil uchun esa Surxandaryo qо‘g‘irchoq teatri uchun “Ochil dasturxon” Jizzax viloyatr qо‘g‘irchoq teatri uchun “Tongda tomda tomosha” hamda “Tilla tuyoqli ohu” Farg‘ona viloyat qо‘g‘irchoq teatri uchun “Yuv toza bо‘l” Andijon qо‘g‘irchoq teatri repertuariga kiritilishi uchun “Ochil dasturxon” (yangi variantda) pyesalari taqdim qilindi. |
Kafedraning xalqaro hamkorligi: |
2015 yildan noyabr oyidan buyon О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Britaniya Kengashi О‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, О‘bekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Buyuk Britaniyadagi Rouz-Bruford teatr va aktyorlik mahorati kolleji bilan hamkorlik ishlari о‘zining samarasini berdi. Kafedra dotsenti I.Jumanov tomonidan yaratilgan “Sahna nutqi” (mashqlar tо‘plami) о‘quv qо‘llanmasiga, Britaniyalik hamkor, sahna nutqi, aktyorlik mahorati bо‘yicha mutaxassis Jon Takkerning master klass mashg‘ulotlaridagi mashqlaridan kiritildi. Bugungi kunda aktyorlik va rejissyorlik guruhi talabalariga keng tadbiq etilmoqda. Shuningdek, Britaniya kengashi joriy yilning 8-15 dekabr kunlari kafedra о‘qituvchilari V.Yusupova va A.Abdishayevalarni Britaniyadagi Rouz-Bruford teatr va aktyorlik mahorati kollejiga taklif etildi. Ushbu taklif yuzasidan о‘qituvchilar о‘z hisobotlali va guruhlarda ochiq darslarini namoyish etishni rejalashtirdi. Chet ellik sahna nutqi mutaxassislari bilan hamkorlik ishlari Rossiyaning B.Shukin nomidagi teatr san’ati institutida ham bо‘lib о‘tdi. Bu hamkorlik yuzasidan ham kafedrada mahorat sinfi, ochiq darslar о‘tkazilishi rejalashtirilgan. A.Abdishayevaning “Vnedreniye modulya Djona Takera po postanovke ssenicheskogo golosa v praktiki prepodavaniya ssenicheskoy rechi v Gosudarstvennom institute iskusstv i kulturi Uzbekistana” maqolasi Garmonichno Razvitoye pokoleniye – usloviye stabilnogo razvitiya Respubliki Uzbekistan. Sbornik nauchno-metodicheskix statey tо‘plamda nashr etildi. T:, 2017, № 4. 31. 2018 yilning 11 noyabrdan 12 dekabrgacha Jon Taker tomonidan institutning 1-4 bosqich iqtidorli talabalari bilan institut о‘quv teatri sahnasida V.Shekspirning “Gamlet” fojeasi sahnalashtirildi. Sahnalashtirilish jarayonida Sahna nutqi kafedrasi dotsenti I.Djumanov va V.Yusupova nutq texnikasi va sо‘z ustida ishlash jarayonida yaqindan nazariy, amaliy hamkorlik qilib, sof adabiy о‘zbek tili, uning g‘oyaviy ta’sirchanligi, sо‘z harakati tizimlari ustida ishladilar. Amalga oshirilgan О‘zbekiston 24 kanali orqali jarayon haqida intervyular berildi hamda maqola tayyorlanib taqdim qilindi. Spektakl taqdimotida Britaniya kengashi konsulligi xodimlari, institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar va talabalarga namoyish qilindi. 13 dekabr kuni institut konferensiya zalida Innovatsiya va ilmiy ishlar prorektori, prof v.b G.E. Xoliqulova rahbarligida Brifing о‘kazilib, amalga oshirilgan hamkorlikning natijalari hamda kelajak istiqbollari xaqida davra suxbati о‘tkazilib navbatdagi vazifalar belgilandi. |
Kafedraning korxona va tashikilotlar bilan aloqalari: |
Viloyat qо‘g‘irchoq teatrlarida dotsent I.Djumanov tomonidan yaratilgan “Ochil dasturxon”, “Uchar kovush”, “Uchta quvnoq dо‘mboqcha”, “Sandiqsoz usta” sahnalashtirilib, yosh tomoshabinlarga namoyish etilmoqda. 2019 yil uchun esa Surxandaryo qо‘g‘irchoq teatri uchun “Ochil dasturxon” Jizzax viloyatr qо‘g‘irchoq teatri uchun “Tongda tomda tomosha” hamda “Tilla tuyoqli ohu” Farg‘ona viloyat qо‘g‘irchoq teatri uchun “Yuv toza bо‘l” Andijon qо‘g‘irchoq teatri repertuariga kiritilishi uchun “Ochil dasturxon” (yangi variantda) pyesalari taqdim qilindi. Muqimiy nomidagi о‘zbek davlat musiqali teatrida dotsent R.Qodirov tomonidan Ch.Aytmatovning “Sarviqomat dilbarim” asari insinirovka qilinib, yangi, innovatsion talqinda sahnalashtirildi. Xozirgi kunda teatr repertuarida mustahkam о‘rin oldi. |