Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida qayta ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishda jihozlangan mehmonxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, xonalarni bevosita ko‘zdan kechirdi. «So‘nggi yillarda xorijiy mamlakat oliygohlari bilan hamkorlik aloqalarimiz qamrovining kengayib borishi natijasida institutimizga mahorat darslari o‘tkazish hamda tajriba almashish maqsadida tashrif buyurayotgan chet ellik professor-o‘qituvchilar va talabalarning soni […]


