"Zakovat" intellektual o‘yinining noyabr oyi g‘oliblari aniqlandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida «Zakovat» intellektual o‘yinining noyabr oyi 4-tur bahslari o‘tkazildi.

Mazkur bahslarda oliygohda kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi o‘nga yaqin jamoa ishtirok etdi.

Natijalarga ko‘ra, kino, televideniye va radio san’ati fakulteti talabalari oy g‘olibi sifatida ko‘chma kubokni yana o‘zlarida olib qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bellashuvlar haftaning har shanba kunlari o‘tkazilib, unda barcha talaba-yoshlar ishtirok etishi mumkin.