Ramz Qodirov dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Bugun «Sahna nutqi» kafedrasi dotsenti, mustaqil tadqiqotchi Ramz Qodirovning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

«Talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish texnologiyalari» mavzusidagi taqdimotda nutqda yuzaga keladigan muammolar, uni rivojlantirish tamoyillari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Muhokamada «Sahna nutqi», «Ijtiomiy va gumanitar fanlar va pedagogika», «Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati», «San’atshunoslik» va boshqa kafedralarning professor-o‘qituvchilar tomonidan dissertatsiyaning yutuq va kamchiliklari aytib o‘tildi.




Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun suhbat tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori ijrosini ta’minlash hamda vazirliklar, idoralar va yirik xo‘jalik birlashmalarida oliy ma’lumotli kadrlar ulushini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 675-sonli qaroriga asosan, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari tavsiyanomasiga ega talabgorlar uchun 2023/2024-o‘quv yili uchun sirtqi ta’lim yo‘nalishi qabuliga oid suhbat o‘tkazilmoqda.

Jarayonni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abdulaziz Nurullayev ochib berdi hamda talabgorlarga omad tiladi.

Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki taʼlim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi taʼlim shakli uchun 5 yil) uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt mablag‘i ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatda to‘lab berilishi lozim.

 




Badiiy, o‘quv-uslubiy kengashning yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Badiiy, o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash a’zolari ishtirokida 2023/2024-o‘quv yili uchun dars yuklamalarini professor-o‘qituvchilar kesimida taqsimoti muhokama qilindi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilida bakalavriat va magistratura kesimida o‘quv adabiyotlarni yaratish rejasi tasdiqlandi.




Idoralararo hujjat aylanish tizimidan foydalanish bo‘yicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xodimlari uchun Idoralararo hujjat aylanish tizimi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida EDO.IJRO.UZ saytidan qay tartibda foydalanish, hujjatlarni qabul qilish va yuborish kabi bir qancha amallar tushuntirib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, EDO.IJRO.UZ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari monitoring qilish tizimi hisoblanadi. Tizim, hujjat aylanishi jarayonlarini va topshiriqlar ijrosi nazoratini avtomatlashtiruvchi funksiyalardan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida, hujjat ustida bir nechta xodimlarning ishlashini ta’minlaydi.




O‘zDSMIda xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi

Jarayonni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Abdulaziz Nurullayev ochib berdi. Tegishli yo’nalishlar bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni soha mutaxassislari baholab borishdi.
Sinovlar shaffof va adolatli o’tkazilish maqsadida internet tarmog’i orqali translyatsiya qilindi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilida san’at sohasi bo’yicha tasdiqlangan o’tish balli — 80 ballni tashkil etadi. Ijodiy imtihonlardan so’ng talabalar 16-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etadi.




O’zDSMI Farg’ona filiali

Filial haqida

    O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 2017 yil 16 avgustda milliy san’atimiz va madaniyatimizning qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan, ko‘plab atoqli san’at va madaniyat namoyandalari yetishib chiqqan Farg‘ona vodiysining bu boradagi alohida o‘rni va nufuzini, ijodiy salohiyatini hisobga olgan holda, iste’dodli yoshlarni o‘zbek va jahon san’atining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ro‘yobga chiqarish, Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun teatr, xalq ijodiyoti sohasi bo‘yicha aktyorlar, madaniyatshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan. Hozirgu kunda filialimizda “Teatr san’ati: musiqali teatr aktyorligi”, “Musiqali teatr rejissyorligi”,”Qo`g`irchoq teatri aktyorligi”, “Xalq ijodiyoti: folklyor va etnografiya”, “Ashula va raqs”, “Kutubxona va axborotlashtirish” yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Filial talabalari to’laqonli bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, yo’nalishlar bo’yicha mahorat xonalari, raqs va sahna harakatlari studiyalari, yakka mashg’ulotlar xonalari, axborot resurs markazi, lingofon xonasi, kompyuter xonasi, ovoz yozish studiyasi, qo’g’irchoqlar yasash xonasi, grimm xonasi, konferensiyalar zali talabalar o’z bilim va mahoratlarini oshirishlari uchun faoliyat yuritmoqda.

Batafsil: dsmi-qf.uz




O‘zDSMI rektori v.b. Eldor Shermanovning Farg‘ona filialiga tashrifi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov oliygohning Farg‘ona mintaqaviy filiali faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvda E. Shermanov filialning fidoyi va faxriy ustozlari bo’lgan O’zbekiston xalq artistlari Shafoatxon Rahmatullayeva, Yorqinoy Hotamova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Xursanoy Umarova hamda “Teatr san’ati” kafedrasi professori Shamsiddin Usmonovlarni beminnat xizmatlari uchun katta minnatdorchilik bildirdi va esadalik sovg’alarini topshirdi.

Eldor O‘ralovich muassasada talabalarning ta’lim olishlari, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratib berilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.

Eldor Shermanov o’z so’zida oliygohimizning ilmiy salohiyatini yil yakuniga qadar yuqori reytinglarga olib chiqish, xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda amaliy ishlarni tashkil qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.




O‘zDSMI rektori v.b. Eldor Shermanov talabalar bilan dars mashg‘uloti o‘tkazdi

Shu kunlarda oliy taʼlim muassasalari rektorlari akademik faolliklarini oshirish, shu bilan birga yoshlarga motivatsiya berish maqsadida talabalarga dars o‘tishmoqda.

Xususan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” mavzusida Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalariga ma’ruza o‘qidi.

Unda bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, strategiyada belgilab olingan sohaga doir vazifalar dolzarbligi hamda uning ijrosi haqida to‘xtalib o‘tildi.