“Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at ta’limini rivojlantirish: sifat, innovatsiya va uzluksizlik” mavzusidagi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi o‘quv-seminari kunning ikkinchi yarmida sho‘balar kesimida davom ettirildi. Shu doirada hududiy madaniyat boshqarmalari boshliqlari hamda ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassislar uchun o‘quv-seminar, shuningdek, “Oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari taqdimoti” birgalikda tashkil etildi. Tadbirni Madaniyat vazirining […]



