O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida folklor va etnografiya fakulteti dotsenti Dilorom Muhammedovaning «Dilga yaqin qo‘shiqlar» deb nomlangan sinf konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida institut rektori v.b. Eldor Shermanov mumtoz va xalq qo‘shiqlarning inson hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida fikr yuritib, Dilorom Muhammedovaga samimiy minnatdorchiligini bildirdi. «Xalq qo‘shiqlari bolalik davrimizdagi unutilmas va go‘zal xotiralarining bir bo‘lagi […]



