O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda “San’at va madaniyat instituti bitiruvchi talabalari yotoqxonadan haydalmoqda” deya e’lon qilingan xabar yuzasidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti quyidagilarni ma’lum qiladi: 2024-yil 5-fevraldan 11-may sanasiga qadar institutning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan va jami 632 nafarni tashkil etadigan 4-bosqich talabalari bitiruvoldi amaliyot o‘tashlari uchun Toshkent shahri va viloyatlarga yuborilgan. Institut talabalar turar […]

Sun Mun universiteti prezidenti hamda ICT/SW biznes kengashi rahbari O‘zDSMIga tashrif buyurdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Sun Mun universiteti delegatsiyasi vakillari tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida universitet prezidenti Seong Jea Mun, oliygoh professori Eduard Kim, Chungnam ICT/SW biznes kengashi prezidenti Sung Hvan Li, universitet professor assistenti Songe Kim institutimiz rahbariyati bilan uchrashdi. «Koreys xalqi bizning eng qadrdon do‘stlarimizdan biri hisoblanadi. Mamlakatingizga tashrifimiz davomida bunga amin […]

Yanvar dayjesti

2024-yil yanvar oyida bo’lib o’tgan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati bilan bog’liq xalqaro hamkorlik, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-amaliy tadbirlar dayjestini e’tiboringizga havola qilamiz.

Taassurot

“Metallurg” madaniyat saroyida OKMK rahbariyati tashabbusi bilan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Qora quyosh” nomli asari asosida O‘zbekiston madaniyat va san’at instituti ijodkorlari tomonidan  sahnalashtirilgan spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi. Zal ishchi-xodimlar, kombinat va shahrimiz  yoshlari, talabalar bilan to‘ldi. Tarixning achchiq haqiqatlari, millatparvar ziyolilarimiz,  buyuklarimizning  ayanchli qismati,  dahshatli qatag‘on yillari zo‘r mahorat bilan tasvirlangan sahna sarini […]

O’zDSMi va Tyanjin aloqa instituti o’rtasida talaba almashinuvi bo’yicha shartnoma imzolandi

Shu kunlarda Xitoy poytaxti Pekin shahrida O’zbekiston-Xitoy ta’lim forumi bo’lib o’tmoqda. Ushbu forumda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Sobir Jumayev ishtirok etmoqda. Bugun forum doirasida Tyanjin aloqa instituti rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi. Tomonlar notiqlik san’ati, art-menejment […]

O‘zDSMI va Tyanjin konservatoriyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati ta’lim forumi doirasida Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. Bugun oliygoh rahbariyati Tyanjin konservatoriyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi. Uchrashuv davomida ikki oliygoh o‘rtasida kelgusida talabalar almashinuvi hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida malaka oshirish darslarini yo‘l qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ma’lumot uchun, 1958-yil tashkil etilgan Tyanjin konservatoriyasining kunduzgi […]

Xitoyning ikki oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik borasida kelishuvga erishildi

Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati ta’lim forumi doirasida Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. Kunning birinchi yarmida Hebey aloqa instituti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani haqida ma’lumot bergandik. Shuningdek, bugun Jilin xalqaro tadqiqotlar universiteti hamda Xitoy rassomchilik akademiyasi bilan hamkorlik borasida kelishuvga erishildi. Ma’lumot uchun, Jilin xalqaro tadqiqotlar universiteti xorijiy tillarni […]

O‘zDSMI rahbariyati Xitoyda o‘tkazilayotgan ta’lim forumida ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, Xitoy Xalq Respublikasida 22–23-yanvar kunlari O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi o‘tkaziladi. Xitoy poytaxti Pekin shahrida o‘tkazilayotgan forumda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sobir Jumayev ishtirok etmoqda. Forumda O‘zbekiston-Xitoy universitetlari o‘rtasida oliy ta’lim va ilm-fan yo‘nalishidagi aloqalarni jadallashtirish, o‘zbekistonlik talabalarning xitoy tilini chuqurroq o‘rganishlari […]

image_pdfimage_print