O‘zDSMIda kino san’ati bo‘yicha mustaqil izlanuvchi bo‘lishga talabgorlar uchun suhbat tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2024-yil 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchi (DSc/PhD)ga hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun suhbat jarayoni tashkil etildi. O‘zDSMI rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning 28-fevral kuni mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga kiruvchilar […]

O‘zDSMI «Talabalar teatr studiyalari» Respublika-ko‘rik tanlovining hududiy bosqichiga mezbonlik qilmoqda

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Talabalar teatr studiyalari» Respublika ko’rik-tanlovining 2-hududiy bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Bugun institut o’quv teatri binosida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Alfraganus universiteti, Perfect universiteti oliygohlarining talabalari o’z spektakllarini namoyish etishadi.

«Taqdir sinovlari» diplom spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti teatr sana’ti fakulteti dramatik teatr va kino aktyorligi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining «Taqdir sinovlari» deb nomlangan diplom spektakli bo‘lib o‘tdi. Taniqli dramaturg Qo‘chqor Norqobil asari asosida O‘zbekiston xalq artisti, professor Erkin Komilov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl tomoshasi unga yig‘ilgan barchaga birdek manzur bo‘ldi. Tadbir so‘ngida institut rektori v.b. Eldor […]

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari O‘zDSMIda malaka oshirgan madaniyat boshqarmalari rahbarlarini sertifikat bilan taqdirladi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov malaka oshirish tarmoq markazida tahsil olgan vazirlik tasarrufidagi madaniyat boshqarmalari rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, sohadagi yutuq va kamchiliklar to‘g‘risida fikr bildirilib, bu borada vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari hamda madaniyat boshqarmalarining o‘rni e’tirof etildi. «O‘zbekiston davlat san’at […]

O‘zDSMI professor-o‘qituvchilari Mudofaa vazirligi tomonidan maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati kafedrasi dotsenti Jahongir Ahmedov, shuniningdek, kino, televideniye va radio rejissyorligi kafedrasi dotsentlari — Jahongir Qosimov va Hilol Nasimov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan «Yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti mukofot sohibi bilan professor-o‘qituvchilarni tabriklaydi.

Koreya nashriyoti bilan memorandum imzolandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Koreya Respublikasining «Yeovon Media» nashriyoti rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma nashriyot ochish, talabalarning xorijda amaliyot o‘tashini ta’minlash hamda mahorat darslari tashkil etish masalalari muhokama qilindi. «Biz maktabgacha ta’lim tizimiga oid darsliklar dizayni bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga egamiz. Bugungi kunda butun […]

Navoiydan chu topqaylar navoye

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatrida Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan «Navoiydan chu topqaylar navoye» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni oliygoh rektori v.b. Eldor Shermanov ochib berib, buyuk mutaffakkirning sharafli hayot va ijodi haqida so‘z yuritdi. Rektor Navoiy asarlari inson tafakkurining shakllanishi hamda kamolotga yetishishida, yuksak ma’naviyatga ega jamiyat […]

«Ilmli ayol — jamiyat ko‘zgusi» mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan «Ilmli ayol — jamiyat ko‘zgusi» mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi. Dastlab institit rektori v.b. Eldor Shermanov so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor hamda ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida fikr bildirdi. Seminar davomida fan doktorlari, professorlar, […]

image_pdfimage_print