So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida madaniy aloqalar sezilarli darajada rivojlanib bormoqda. Ushbu hamkorlikning yorqin namunasi sifatida joriy yilning may oyida Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan II Turk dunyosi talabalar teatr festivalida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalarining ishtirok etganligini aytish mumkin. Festivalda o‘zbekistonlik talabalar munosib qatnashgan holda, hakamlar hay’ati va tomoshabinlar e’tirofiga […]



