Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Mirzo Ulug’bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i Sardor Mirzaraimov hamda o’rinbosari Bahodir Yormatov bilan uchrashuv tashkil etildi. “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” shiori ostida bo’lib o‘tgan ushbu uchrashuvda asosiy e’tibor bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi hamda kiber jinoyatlarga qarshi kurash […]



