O‘zDSMI rektori v.b. Eldor Shermanov Koreya media san’ati universiteti faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi

Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi xizmat safari bilan Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi. Bugun institutimiz rektori v.b. Eldor Shermanov Koreya media san’ati universitetining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi. Mazkur unvon oliygohimiz rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalarining Koreya madaniyati va san’ati, shuningdek, ikki mamlakatning do‘stona aloqalarini aks ettirgan tadbirlardagi faol ishtirokiga minnatdorchilik […]

San Mun universiteti bilan memorandum imzolandi

Ayni paytda Koreya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi vakillari bugun San Mun universitetiga tashrif buyurdi. Kelishuvga ko‘ra, 2024-yil aktyorlik bo‘yicha qo‘shma ta’lim yo‘nalishi ochildi. Unda talabalar ikki yil davomida O‘zbekiston, yana ikki yil Koreya Respublikasida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu jumladan, San Mun universiteti tomonidan to‘rt nafar o‘zbekistonlik talaba […]

O‘zDSMI delegatsiyasi Sungshin universiteti axborot-resurs markazi va talabalar turar joyi faoliyati bilan tanishdi

Ayni vaqtda Koreya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati bugun Sungshin universiteti axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdi. Yetti qavatdan iborat mazkur dargoh Koreyadagi eng yirik markazlardan biri bo‘lib, talabalarning dars qilishi hamda o‘z ustida ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Talabalarning erkin ijod qilishi va ma’lumot olishi uchun darslik va qo‘llanmalar ochiq […]

Sungshin universiteti bilan hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi xizmat safari bilan Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi. Bugun instituti rektori hamda fakultet dekanlaridan iborat delegatsiya Sungshin universitetiga tashrif buyurib, oliygoh prezidenti Son Kin Yi bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qildi. Muloqot davomida Koreya oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan islohotlarni mamlakatimizda tatbiq etish, oliygohlar o‘rtasida […]

“Debyut-2023” talaba-yoshlar kinofestivaliga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi huzuridagi kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, BDKI Toshkent filliali hamkorligida joriy yilning 11–22-dekabr kunlari “O‘zbek kinosi – yangi nigoh” kinooyligini doirasidagi “Debyut” talaba-yoshlar kinofestivaliga start berildi. Unda oliygohimiz yoshlari ham faol ishtirok etmoqda. “Yangi O‘zbekiston – tinchlik, ma’rifat, […]

Dunyoning eng yaxshi 500 oliygohi reytingidan o‘rin olgan universitet bilan memorandum imzolandi

Ayni damda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi xizmat safari bilan Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi. Bugun mamlakatda kino sohasiga ixtisoslashgan yetakchi oliygohlardan biri hisoblangan Chung-Ang universiteti bilan memorandum imzolandi. Hamkorlik doirasida talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi. Jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari 6 oy mobaynida Chung-Ang universitetida tahsil olish imkoniyatiga […]

E’lon

14 va 15-dekabr kunlari soat 14:00 da О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mutaxassislik va qo‘shimcha fanlardan malakaviy imtihon bо‘lib о‘tadi.

O‘zDSMIda namoyish etilgan «Qora quyosh» spektakli vazirlik hamda OTM rahbarlari tomonidan e’tirof etildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati xodimlari, Toshkent shahrida joylashgan Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallari direktorlari hamda Toshkent shahrida joylashgan Akademik litseylar va professional taʼlim muassasalari direktorlari tashrif buyurib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf dostoni asosida […]

image_pdfimage_print