Turkiya oliy ta’lim muassasasi bilan keng qamrovli hamkorlik

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Turkiyaning Kojaeli universiteti rahbariyati uchrashdi.

Tomonlar ta’lim va fan sohasida do‘stona munosabat va hamkorlikni mustahkamlash borasida kelishuvga erishdi.

Turkiya oliy ta’lim muassasasi bilan keng qamrovli hamkorlik

Hamkorlik doirasida o‘qituvchi va tadqiqotchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar, jumladan, konferetsiya, uchrashuv, seminarlar tashkil etish kabi vazifalar bajarilishi belgilandi.

Shuningdek, o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, birgalikda tadbirlar tashkil etish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Turkiya oliy ta’lim muassasasi bilan keng qamrovli hamkorlik

Muzokara so‘ngida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida yuqorida ta’kidlangan vazifalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumi imzolandi.