Muqaddas Xoliqova

Muqaddas Xoliqova (14.04.1960)

    Muqaddas Holiqova 1960-yil 14-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1977yili Toshkent Davlat san’at instituti “Teatr va kino” aktyorligi fakultetiga o‘qishga kirib, 1981-yili o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan. Shu yili O‘zbek Milliy Akademik drama teatriga, aktirisa sifatida ishga qabul qilindi. Muqaddas Holiqova san’atdagi ijodining dastlabki yillaridan to shu kunga qadar, takrorlanmas obrazlar yaratib, teatrning yetuk aktrisalaridan biriga aylandi. U Hamzaning “Boy ila xizmatchi”sida Poshsha oyim, F.Musajonovning “Najot istab”ida qaynona, “Avg‘on reportaji”da jurnalist, “Tuhmat”da qizil tanli, Karlo Gatssining “Baxtli gadolar”ida qiz, Shekspirning “Koriolan”ida ayol, O‘. Hoshimovning “Qatog‘on”ida ayol va bir qancha ko‘p rollarni mahorat bilan ijro etgan. 2001-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoniga sazovor bo‘lgan. Muqaddas Holiqova bir qator videofilmlarda yorqin obrazlar yaratdi. “Alisher Navoiyda” kanizak, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, “Bobur” Jahongir Mirzoning onasi, M.Yunusovning “Layli va Majnun”ida enaga, M.Boboyevning “Ko‘ngil ko‘chalari”da o‘quvchining onasi, M.Asadullayevning “Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi”da Tursinoy, “Shunchaki hazil” da ayol kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.