O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Kollegial Organning 2025-yildagi 1-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2025-yil 1-chorak uchun qabul qilingan tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning 3 yillik shaxsiy rejasi va nazariy-metodologik dasturini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi. Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tо‘g‘risida”gi Nizomning 28-bandiga ko‘ra […]


