Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 8-mart — Xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tong chog‘idan bayramona muhit hukm surib, oliygoh hovlisi, kirish yo‘li bezatildi hamda institut jamoasi va Yoshlar Ittifoqi tashkiloti faollari ishtirokida ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi. Qolaversa, o‘quv teatrida «Olam nafas olgan havosan — ayol» deb nomlangan […]


