Unda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultanova, institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, shuningdek, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida Nodirbek Sayfullayev institutda “Milliy qadriyatlar” kuni doimiy ravishda keng o‘tkazilib kelinayotgani, yosh avlod ongida milliy o‘zlikni anglash, urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy ta’lim jarayoniga uyg‘un ravishda singdirish institut […]



