O‘zDSMI rektori Mustaqillik bayrami tayyorgarlik jarayonida ishtirok etayotgan institut talabalari bilan uchrashdi

Mustaqillik – bu xalqimiz uchun eng ulug‘ ne’mat, buyuk orzularimiz va yuksak intilishlarimiz timsoli, xalqimizning milliy iftixori, kelajagimiz poydevori. Ushbu ulug‘ ayyomni munosib kutib olish va nishonlash har birimiz uchun sharafli burchdir. Joriy yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab katta tantanalar bilan nishonlanishi kutilmoqda. E’tiborli jihati, mazkur shodiyonalarga tayyorgarlik jarayonlarida O‘zbekiston davlat san’at […]

O‘zDSMIda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayoni jadallik bilan davom etmoqda

8-avgust kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev oliygohda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, o’quv binolari va auditoriyalarning holati, o’quv jihozlari yetarliligi ko’zdan kechirildi. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida xodimlarning mas’uliyatini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidlanib, har bir vazifa o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi lozimligi aytib […]

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Olmaliq KMK AJ o’rtasidagi ijodiy hamkorlik yanada mustahkamlanadi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga asosan, yurtimizdagi yetakchi ijodiy tashkilotlarning «Do‘stlar klubi» tashkil etilib, ularga yirik korxona, bank va kompaniyalar homiy sifatida biriktirilgandi. Shunga muvofiq, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o‘rtasida «Do‘stlar klubi» doirasidagi qator ijodiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilning 31-iyul kuni O‘zbekiston davlat san’at […]

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Madaniyat vaziri o’rinbosari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi

2-avgust kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda oliygoh rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari qatnashdi. Yig’ilishni kirish so’zi bilan ochib bergan institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev oliygohda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari jadallik bilan davom etayotganini hamda muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv dasturlarini […]

Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik hamda qabul jarayonlariga oid yig’ilish o’tkazildi

16-iyul kuni O’zDSMI rektori, professor Nodirbek Sayfullayev tomonidan barcha prorektorlar, fakultetlar dekanlari hamda boʻlim boshliqlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda asosiy eʼtibor yangi 2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik hamda qabul jarayonlari masalalariga qaratildi. Xususan, qabul jarayonlarini yuqori saviyada oʻtkazish, bu borada ochiqlik va shaffoflik ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, yangi o’quv yiliga puxta tayyorgarlik ko’rish bo’yicha […]

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun muhim eslatma

➡️ 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborilgan. ➡️ Shuningdek, har bir abituriyent tomonidan shaxsiy kabinetda ko’rsatilgan telefon raqamlariga yuqoridagi suratdagi kabi sms-xabarnoma keladi. ➡️ Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari; ➖ruxsatnomada […]

image_pdfimage_print