Yangiliklar

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatrida “Teatr san’ati” fakulteti, “Estrada va ommaviy tomoshalar” kafedrasi 4-kurs “Estrada aktyorligi san‘ati” ta‘lim yo‘nalishi talabalarining ”Malikai Turandot” diplom spektakli namoyish etildi

Karlo Gotsininig shu nomli asari asosida zamonaviy talqinda sahnalashtirilgan ushbu spektakl namoyishida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, institut professor-о‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi. Mazkur spektakl kurs badiiy rahbari dotsent Farruh Egamberdiyev tomonidan sahnalashtirildi. Shuningdek, aktyorlik fani o‘qituvchilari Sohibjon Valiyev hamda Komola Jalilovalar yaqindan yordam berishgan. Spektakl bosh qaxramoni Turandotni institutning iqtidorli va mahoratli talabalaridan biri, […]

Ayni paytda Tatariston Respublikasida Qozon davlat madaniyat instituti tomonidan “Многогранный мир традиционной культуры и народного художественного творчества” mavzusida III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Anjumanning ochilish marosimida Tatariston Respublikasi madaniyat vaziri Irada Ayupova, O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsuli Nodirjon Qosimov va Qozon davlat madaniyat instituti rektori Roza Axmadiyeva o‘z kirish so‘zlari orqali konferensiya ishtirokchilarini qutladilar. O‘zbekiston danlat san‘at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullaev mazkur tadbirda onlayn tarzda ishtirok etdi. U o’zi so’zida bugungi kunda Qozon davlat […]

O’ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI TALABALARIGA MUROJAAT

Hurmatli talaba-yoshlar! Bugungi kunda jamiyatimiz taraqqiyotiga, eng avvalo, yoshlarimizning sog‘lom hayot tarziga, ma’naviy kamolotga erishishiga jiddiy xavf solayotgan omillardan biri — giyohvandlikdir. Afsuski, globallashuv davrida bu xatar nafaqat butun dunyo uchun, balki mamlakatimiz uchun ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Giyohvand moddalar inson sog‘lig‘ini izdan chiqaradi, tafakkurni zaiflashtiradi, ijtimoiy faollikni yo‘qotadi va eng og‘iri — […]

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti anjumanlar zalida Moskva shahrida joylashgan Boris Shukin nomidagi teatr instituti rektori, professor, Rossiya xalq artisti Yevgeniy Knyazev boshchiligida institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda institutimiz rektori, professor Nodirbek Sayfullayev institutda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim jarayonlari xususida gapirib o’tdi. Jumladan dual ta’lim tizimi, masofaviy ta’lim shakllari, shuningdek, bir qator yetakchi davlat san’at oliygohlari bilan olib borilayotgan ilmiy-ijodiy hamkorlik loyihalari haqida batafsil ma’lumot berdi. — Sizning institutiingiz bilan hamkorlik biz uchun ayniqsa muhim. Biz Shukin maktabi tajribasini — uning aktyorlik mahorati, […]

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi anjumanlar zalida “Madaniyat va san’at ta’lim tashkilotlarida o’qitishning zamonaviy metodlari: Yutuqlar va muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi

Unda, ICESCO ning Ozarbayjondagi regional ofisi ta’lim bo’yicha ekspertlari, shuningdek, Tojikiston, Qozog’iston, Ozarbayjon hamda Yaponiya, Germaniya davlatlaridan vakillar ishtirok etdi. Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Risyukova, ICESCOning Boku hududiy ofisi rahbari Maryam Gafarzade, kirish so’zlari bilan ishtirokchilarni qutladilar. Mazkur o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston […]

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Folklor namunalarini qiyosiy o`rganish masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

  Mazkur anjumanda yurtimiz va jahon darajasidagi nufuzli mutaxassislar, olimlar, shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlari ishtiriok etdilar. Anjuman doirasida tashkil etilgan yalpi majlisni institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U dastlab, bugungi kunda institutda ilmiy yo’nalishda amalga oshirilib kelinayotgan ishlarga to’xtalar ekan, joriy yilda aynan xalqaro anjumanlarning soni va salmog’i yanada […]

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat yoshlar teatrida talabalarning amaliy dars jarayonlari bilan tanishdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev “Madaniyat va san’at menejmenti”kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sayfullo Ikromov bilan birgalikda O‘zbekiston davlat yoshlar teatrida “San’at sohasida prodyusserlik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining amaliy dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Mazkur darsni Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, institut dotsenti Farhod Jo‘rayev […]

“Teatr san’ati” fakultetida “Estrda va ommaviy tomoshalar rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida “Tasavvurdagi buyumlar bilan ishlash” mavzusida ochiq dars о‘tkazildi

  Unda institut rektori, professor, mazkur kafedra pedagogi Nodirbek Sayfullayev, shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilar va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Mazkur ochiq darsda asosiy e’tibor sahnaviy tasavvur, diqqat, munosabat va xotirani rivojlantirishga qaratilgan bо‘lib, talabalar ijrosida trening mashqlari va tasavvurdagi buyumlar bilan ishlash mashqlari asosida yoritilib berildi.   Dasturdan о‘rin olgan har bir amaliy mashq talabalar tomonidan […]

image_pdfimage_print