O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari o‘rtasida milliy kurash sport turi bo‘yicha an’anaviy rektor kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Turnirda yigit va qizlar turli vazn toifalarida o‘zaro kuch sinashdi. «Musobaqalar yosh yigit-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda ularni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda. O‘ylaymanki, bu kabi ishlar talabalarimizning nafaqat madaniyat va […]


