Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov kutubxona-axborot faoliyati fakulteti sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida institut rahbariyati tomonidan talabalarga oliygohning ilmiy-ijodiy faoliyati, yutuqlari, xalqaro hamkorlikda amalga oshirayotgan loyihalar hamda istiqbolli rejalari haqida ma’lumot berib o‘tildi. «So‘nggi yillarda ko‘plab yutuqlarga erishdik. Institutda faoliyat olib borayotgan fan doktor […]


