Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan shartnomaviy tashkilot sifatida tashkil etilgan Tinchlik universiteti rektori Fransisko Roxas Aravena, YUNESKO tashkilotining Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Mun Heung Suk hamda Fransiya xalqaro musiqa akademiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida oliygohimiz bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tinchlik instituti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro madaniyat festivallarida Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika vakillarining ishtirokini sezilarli ko‘paytirish borasidagi takliflar ilgari surildi.
Qolaversa, hamkorlik doirasida investisiya dasturlarini amalga oshirish hamda kelgusida memorandum imzolashga kelishib olindi.
Shu bilan birga, mehmonlar oliygohimizning o‘quv teatri faoliyati bilan tanishdi.