O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida Xalq ijodiyoti fakulteti tarkibidagi kafedralar faoliyatining 2024-yil yakunlari hamda 2025-yilda о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bо‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tanqidiy va tahliliy o‘tgan yig‘ilishda barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekani, fakultet tarkibidagi kafedralar (Madaniyat va san’at menejmenti, Folklor va etnografiya, Milliy qо‘shiqchilik kafedrasi, Cholg‘u ijrochiligi) mudirlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida Nodirbek Sayfullayev 2024-yil yakunlari bo‘yicha xulosa qilar ekan, bir qancha ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar bo‘lgani, shu barobarda, bu natijalar institut rahbariyatini to’liq qanoatlantirmasligini, kelgusi 2025-yilda ham institut faoliyatini yanada takomillashtirish, provardida esa yurtimiz san’ati va madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shish borasida ulkan reja va maqsadlar bor ekanligini, ularni amalga oshirish uchun ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan har bir xodim bir jamoa bo’lib, fidoiylik bilan maqsad sari harakat qilishi lozimligini ta’kidladi.

❗️Kafedra mudirlari quyidagi yo’nalishlar bo‘yicha hisobot va rejalari haqida ma’lumot berdilar.

Darslik, о‘quv qо‘llanmalar yozish va nashr etishga tayyorlash, dunyoning nufuzli OTMlarida о‘quv mashg‘ulotlarini о‘tkazgan professor-о‘qituvchilar, ochiq dars, sinf konsert, va mahorat darslarini о‘tkazganligi, ilmiy unvon olgan professor-о‘qituvchilar, professor-о‘qituvchilarning bilim darajasi (xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bо‘yicha), akademik almashuv, Hemis platformasiga fan bо‘yicha kontent joylashtirilganligi, xorij va respublikada malaka oshirganligi, xorijiy va mahalliy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, patent olish, tezislar va monografiya nashr etish, axborot tahliliy materiallar tayyorlash, ijodiy ishlar yaratish, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlaganlar va himoya qilganlar, talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlariga hamda fan va ilmiy tо‘garaklariga rahbarlik qilish, professor-о‘qituvchilar nashrlariga iqtiboslar, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki о‘quv loyihalarida talabalar va professor-о‘qituvchilarning ishtiroki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar, xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlar buyurtmalari hisobiga olingan mablag‘lar, sohalar buyurtmalari asosida о‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot faoliyatidan olingan moliyaviy mablag‘lar, davlat grantlari asosida о‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablag‘lar, kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-о‘qituvchilar о‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tо‘garaklar faoliyati, professor-о‘qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlaridagi tashabbuslari, talabalarni Prezident hamda nomli stipendiyalar va respublika olimpiadalari, tanlovlar hamda musobaqalarga tayyorlash, sport, madaniy-ma’rifiy va ijodiy tadbirlar о‘tkazish.

Ushbu yo‘nalishlarda amalgan oshirilgan ishlar tahlil etilib, kelgusi yil uchun rejalar ko‘rib chiqildi. Qatnashchilarining tavsiya va fikr-mulohozalari tinglandi.

📈Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, bugungi uchrashuvdan maqsad kafedralarning kelgusi faoliyati qay tartibda amalga oshiriladi, qaysi vazifalar ustuvor bo‘ladi, faoliyati qaysi mezonlarga ko‘ra baholanadi hamda kafedra institut va san’at va madaniyat rivoji uchun qanday rejalar va maqsadlarga ega kabi savollarga javob izlash hamda muammolarni o‘rganish va yechim topishdan iborat.