Tanqid va tahlil — rivojlanish omili

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati boshchiligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida mas’ul shaxslarga berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. O‘z ishiga mas’uliyatsiz yondashayotgan xodimlar tanqid ostiga olindi.

«Taraqqiyotga faqatgina maqtov va qarsakbozlik bilan erishib bo‘lmaydi. Berilayotgan topshiriq hamda vazifalar og‘izda yoki qog‘ozda qolib ketmasligi darkor. O‘z ishini sidqidildan bajarayotgan xodimlardan benihoya minnatdormiz. Biroq lavozimga bepisandlik bilan yondashish orqali taraqqiyot sari ildamlash imkoni yo‘q», — dedi institut rektori v.b. Eldor Shermanov.

Shuningdek, institut rahbariyati Bubusara Beyshenaliyeva nomidagi Qirg‘iz davlat madaniyat va san’at universiteti nomidan yuborilgan maxsus esdalik sovg‘asini qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan qo‘shni mamlakatdagi oliygohda mahorat darslari o‘tkazilgandi.