Sardor Mannonov dissertatsiya ishi muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tadqiqotchi Sardor Mannonovning «Pantomima san’atining asosiy xususiyatlari va o‘ziga xos tamoyillari» mavzusida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, ilmiy kengash a’zolari va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Seminarda tadqiqotchi tomonidan pantomima san’atining tarixi va rivojlanish bosqichi, mamlakatimizda mazkur san’at darajasi, shuningdek, muammo va kamchiliklari aks ettirilgan tadqimot namoyish etildi.

Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar tomonidan dissertatsiyaga oid savollar berildi hamda ilmiy ishning yutuq va kamchiliklari muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etildi.

Ilmiy rahbar: san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Omanulla Rizayev