
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri, professor Usmon Azim bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv Alisher Navoiy asarlari va ularni anglash mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda Alisher Navoiy ijodi va tafakkurini anglash – bu nafaqat uning asarlarini o‘qish, balki u yashagan davr, maqsadlari va dunyoqarashini ham chuqur tushunish ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Navoiy turkiy til imkoniyatlarini kengaytirgan va uni adabiyot tili sifatida yuksaltirgani, uning «Muhokamat ul-lug‘atayn» asari turkiy tilning qudratini isbotlashga bag‘ishlangan. Uning she’riyati go‘zal tashbehlarga, ramzlarga va chuqur falsafiy ma’noga ega ekanligi va boshqa bir qancha ma’lumotlar berildi.
Suhbat davomida Usmon Azim bugungi o’zbek adabiyoti haqida ham fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.
Bundan tashqari, Usmon Azim o’z ijodidan Alisher Navoiy haqida va uning ijodidan ta’sirlanib yozgan she’rlaridan namunalar ham o‘qib berdi.