Bugun Kino, televideniye va radio san’ati fakultetida fakultet dekani Anvar Qurbonov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Doniyor Tuyg‘unov hamda O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sardor Shakarovlar talabalar bilan uchrashdi.
Tadbirda fakultet dekani va dekan o‘rinbosari 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalarini institut rahbariyati, kafedra mudirlari, tyutorlar bilan tanishtirar ekan, institutning “Odob-axloq qoidalari”, “Ichki tartib-qoidalar”, darslarda ishtirok etish va baholash tartibi haqida ma’lumotlar berdi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i esa Prezident stipendiyasi hamda Navoiy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalariga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish, buning uchun a’lo baholarga o‘qish, ilmiy va ijodiy ishlar qilish, faol bo‘lish kerakligi aytib o‘tildi. Undan tashqari, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni institut talabalari uchun ta’sis etilganligi va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining maqsadi va vazifalari, bo‘lim tomonidan rejalashtirilgan ishlar borasida batafsil ma’lumotlar berildi.