Bugun 9-mart – yakshanba kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev odatdagidek, institutning 1 va 2-Talabalar turar joyida bo’lib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni yana bir bor kо‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida rektor mas’ullar bilan talabalar dars qilishlari hamda bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishlari uchun yanada kо‘proq imkoniyatlar yaratish borasida fikr almashdi.

Shuningdek, talaba yoshlar bilan ham samimiy suhbatlashib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, o‘qish jarayonlari bilan qiziqdi.

Shu qatorda, talabalar ham mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Xususan, “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Shaxina Ibrohimova Talabalar turar joyida barcha sharoitlar yaratilganini, ayni paytda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida bitiruv oldi malakaviy amaliyotida ekanligini, amaliyot davomida ko‘plab bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘layotganini aytib o‘tdi.