О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev “Dramatik teatr va kino san’ati” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari tomonidan “Aktyorlik mahorati” fanidan diplom ishi sifatida sahnalashtirilgan “Halala” spektakli namoyishida ishtirok etdi.

Rashod Nuri Guntekinning «Halala» komediyasi turk adabiyotida muhim o‘rin tutadi. Ushbu asar jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni kulgu orqali yetkazib, tomoshabinni chuqur fikrlashga undaydi.

Asarni kurs rahbari, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Nodira Mahmudova sahnalashtirgan bo‘lib, “Aktyorlik mahorati” o‘qituvchilari Jamshid Sobirov, Qaxramon Madrimov, Fozil Nazarov, Feruza Karayeva, Sahna nutqi fani o’qituvchisi san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Go’zal Xoliqulova, Plastika va pantamima fani o’qituvchisi katta o’qituvchi Sador Mannonov, Sahna harakati fani o’qituvchisi katta o’qituvchi Rahimjon Do’sanov, Raqs fani o’qituvchisi O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, dotsent Narziddin Shermatov.

Spektakl soha mutaxassislari tomonidan iliq kutib olinib, professional rejissura, zamonaviy uslubdagi aktyorlik ijrosi, sahna madaniyati, ssenografiya, musiqa va yoritish bezagi alohida e’tirof etildi.