Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tadqiqotchi Matluba Isoqovaning “Xorazm etnomadaniyati va Yevropa rusumidagi teatrning rivojlanishi” mavzusida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, ilmiy kengash a’zolari va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Seminarda tadqiqotchi tomonidan Xorazm etnomadaniyati, o‘lkada zamonaviy teatr tomoshalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, mamlakatimizda teatr sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaning muammo va kamchiliklari aks ettirilgan tadqimot namoyish etildi.
Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar ilmiy ishning yutuq va kamchiliklarini muhokama qilib, yakunda dissertatsiya himoyaga tavsiya etildi.
Ilmiy rahbar: san’atshunoslik fanlari doktori, professor Muhabbat Turobovna To‘laxo‘jayeva