❗️Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni giyohvandlik, psixotrop moddalarga ruju qo‘yishlarini oldini olish har qachongidan ham dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Zeroki, so‘nggi yillarda yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar paydo bo‘layotganligi, ular inson omilisiz internetning ijtimoiy tarmoqlaridan foydalangan holda aholi, ayniqsa yoshlar orasida oson tarqatilayotganligi holatlari kuzatilmoqda.

⏳Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Teatr san’ati fakulteti talabalari uchun ayni shu dolzarb muammo yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Yoshlar bilan ishlash bo‘linmasi katta inspektori, kapitan Faxriddin Sayitov, Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul Dilorom Mirxalikova hamda Institut prafilaktika katta inspektori Fayzulla Akbarovlar ishtirok etgan davra suhbati avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Shohbek Ergashev bugun yoshlar nafaqat giyohvand va psixotrop moddalarni iste’mol qilmasligi, balki bu illatning yon atrofimizda paydo bo‘lmasligi uchun mas’ul bo‘lishlari lozimligini, loqaydlik ham bu illatning kengashjiga zamin yaratishi mumkinligini qayd etib, talabalarni ogohlikka chorladi.

Shundan Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bugun mamalakatimizda giyohvandlikni oldini olish, ayniqsa, yosh avlodni bu kabi illatlar ta’siridan asrash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 6-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o’tildi.

✅Shuningdek, talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.