✅ Bugun Kutubxona-axborot faoliyati fakultetida “1-kurs maktabi” tadbirlari doirasida Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir avvalida fakultet dekani Boxodir Usmonov barcha 1-bosqich talabalarini talabalik baxtiga muyassar bo ‘lganlari bilan muborakbod etdi hamda endigi asosiy vazifa faqatgina o‘qish va o‘rganish, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lish ekanligini ta’kidlab, ularga omad tiladi.
1-bosqich talabalari hamda fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etgan uchrashuvda Umida Teshabayeva “Kutubxona foaliyati qanday tashkil etiladi?” – degan savolni o‘rtaga qo’yib, mavzu yuzasidan o‘z fikrlar-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
”Kutubxona xodimi qanday bo‘lishi va nimalarni bilishi kerak?” mavzusidagi fikrlari ham endigina soha sir-asrorlarini o‘rganayotgan talabalar uchun qiziqarli bo‘ldi.
Bugun Milliy kutubxonaning vazifalari ancha kengaygan. U mamlakatimizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalari uchun muvofiqlashtiruvchi va uslubiy markaz vazifasini ham o‘tamoqda. Kutubxona huzurida tashkil etilgan Respublika uslubiy kengashi kutubxonalar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, alohida kutubxonalar uchun namunali nizomlar, uslubiy-bibliografik qo‘llanmalar va boshqa maqsadli hujjatlarni yanada keng joriy etish hisobidan takomillashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi axborot-kutubxona faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi.